Tohir Eshon Bobo maqbarasi – obyekt Xorazm viloyati Xiva shahri Ichan-qal’a MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 62-uyda joylashgan. Maqbara XIX asrning oʻrtalarida Muhammad Aminxon madrasasining janubi-gʻarb tarafida joylashgan. Maqbara Ichan qaʼla devorlariga yopishtirilgan holda qurilgan boʻlib binoning peshtoqi sharqqa qaragan[1]. Maqbaraning ichiga 2 ta inson dafn qilingan boʻlib, ikkinchisida Fathulla eshon dafn qilingan[2]. Xivaliklar Tohir Eshon bobo Olloqulixonning piri boʻlganligi toʻgʻrisida bir qancha rivoyatlarni aytadilar. Olloqulixon 1826-yil oxirida Xurosonga yurish etib, uning Jom togʻi etagidagi Umgʻon qal’asini olib, gʻalabadan shodligini bildirish uchun Xivadagi piri Tohir eshonga maktub yoʻllaydi. Maktub shunday boshlanadi: – „Haqoyiq va maorifpanoh (haqiqat va maʼrifatni himoya qiluvchi), kamolot va latoyifdastgoh (goʻzal soʻz va fazilat egasi), kashshofi asrori ilohiy (Allohning sir-asrorlarini kashf qiluvchi, ochuvchi) Tohir xoʻja eshonimizga sadoqatli salomimizdan soʻngra…“[3]. Haqiqatan ham xonlik davridagi xivaliklar juda irimchi va xurofotga berilgan boʻlib, afsona va rivoyatlarga ishonishar, ularni jon – dilidan gapirib, tinglashar edilar. Tohir Eshon Xorazmiy bir qancha kitoblarni yozgan. Bulardan „Tazkirai Tohir Eshon“ yoki „Silsilatul avliyo“ kitobidir. Mazkur asar forsiyda 1747-yilda yozilgan boʻlib Xorazmda oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[4] Asar asosan islom diniga bagʻishlangan boʻlib, unda Qur'on, hadis, XVIII asrning oʻrtalarida Xorazm, Buxoro, Samarqand, Turkiston va Xurosonda yashagan 321 shayxning tarjimai holi keltirilgandir[5]. Akmal Xoʻqandiy ham bu asar toʻgʻrisida oʻzining „Tuhfatul ahbob“ kitobida maʼlulotlar keltirgan.

Tohir Eshon Bobo maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Tarixiy obyekt
Shahar Xiva shahri
Mamlakat O‘zbekiston
Egasi Davlat mulkiga tegishli

Rekonstruksiya ishlari tahrir

Tohir Eshon bobo maqbarasi mustaqillik yillarida qayta tiklandi. Bu ishlarga Xiva Ichan qalaning fuqarolar yigʻini raisi Sobirjon Hasanov boshchilik qilgan.

Manbalar tahrir

  1. https://www.sayyoh.com/diqqatga-sazovor-joylar/xiva-tohir-eshon-maqbarasi/
  2. https://www.khivamuseum.uz/uz/tohir-eshon-maqbarasi
  3. https://www.sayyoh.com/diqqatga-sazovoz-joylar/
  4. https://www.bukhari.uz/
  5. https://old.re-search.uz/