Tomadurvadik – Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi qishloqlardan biri. Xiva arxivi hujjatlarida Toma yoki Durgadik qishlogʻi nomi bilan bayon etilgan[2]. Umumiy yer maydoni 25 ming gektardan koʻproq. Tomadurvadik qishlogʻida yashovchi aholining umumiy deyarli 16000 ming kishini tashkil etadi. Qishloqning durvadik patirlari Xorazmda juda mashxur boʻlib aholi tomonidan sevib istemol qilinadi.

Tomadurvadik
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
Tuman Xonqa tumani
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 220803[1]
Avtomobil kodi 90

Etimologiyasi tahrir

"Toma" oʻzbek urugʻlaridan birining nomi hisoblanadi. Bu yerda yashaydigan ayrim qariyalarning aytishicha, bu yerlarda avvallari odamlar yashamagan, bu yer faqat oʻtloq va qamishzorlardan iborat boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan odamlar kelib yashay boshlagan. Z.Doʻsimov oʻzining „Xorazm toponimlari“ asarida Toma urugʻ nomi ekanligi taʼkidlanadi.[3] S.Qorayevninng lu’gatida Toma oʻzbek urugʻlaridan biri ekanligini aytib asosan Zarafshon hududida uchrashini aytadi. S.Qorayevning fikricha, tama asli mo'g'ul qabilasi boʻlib, Dashtiqipchoq oʻzbeklari tarkibiga kirgan va XV-XVI asrlarda oʻzbeklar bilan birga Movarounnahrga va Xorazmga kelib oʻrnashgan deydi.[4] Qishloqda yashovchi qariyalar Tomadurvadik qadimda atrofi bogʻ-rogʻ bilan oʻralgan qal’a boʻlgan deydilar. Uni hzoirda aholi Durvadik qal’a deb ham atashadi. Xorazm viloyatining Xonqa shevasida gadik soʻzi ikkita kanallarning oraligʻida, tutashgan joyida joylashgan degan maʼnoni anglatadi.

Hududiy joylashuvi tahrir

Durvadik tumanning eng qadimiy qishloqlaridan biri hisoblanadi. Qishloq Polvon va Shovot kanallarining oraligʻida joylashgan.

Xoʻjaligi tahrir

Bu yerdagi aholi asosan hunarmandchilik bilan shugʻullanadi. Madali roʻmoli va olacha kabi ipak matolar toʻqiydilar. Aholi oʻz turarjoylarini „gadikda joylashgan dur qaʼla“ deb aytadi. Xonqa shevasida gadik soʻzi kanallar orasida joylashgan yer maʼnosini anglatadi.[5] Qishloq aholisi oʻzi yashovchi turar joylarni „gadikda joylashgan dur“ qal’a deb ham atashadi.

Infratuzilma obyektlari tahrir

Qishloqda 2 ta kollej, 3 ta maktab va 3 tadan ortiq bolalar boʻgchasi bor. 50 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari aholiga xizmat qiladi.

Manbalar tahrir

  1. „Xorazm viloyati aholi punktlari pochta indekslari“. https://www.goldenpages.uz/uz/pochta/khorezm_region_pochta/. Qaraldi: 9-oktyabr 2023-yil.
  2. OʻZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUGʻATI. Toshkent. 2022
  3. Xorazm toponimlar. Z.Doʻsimov. Toshkent. 1985.
  4. Toponimika. S.Qorayev. Toshkent. 2006.
  5. Xonqa tarixi. Komiljon Nurjonov. Mamalakat Jumaniyozova. Urganch. 2015.