Toni Datković (talaffuzi: Toni Datkovich[1][2])(1993-yil 6-noyabrda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Cartagena“ klubi va Xorvatiya milliy futbol jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi[3].

Toni Datković
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Toni Datković
Tavallud sanasi 6-noyabr 1993-yil (1993-11-06) (30 yosh)
Tavallud joyi Zagreb, Xorvtiya
Boʻyi 1.84 m (6 ft 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Cartagena
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2008 Novalja
2008 Rijeka
2008 Lokomotiva Rijeka
2009—2012 Rijeka
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2014 Rijeka 0 (0)
2012—2014Pomorac (Ijara) 45 (2)
2014—2016 Zavrč 52 (3)
2016—2017 Koper 44 (5)
2017—2020 Lokomotiva 49 (3)
2019-2020Huesca (Ijara) 17 (0)
2020—2021 Aris 3 (0)
2021Cartagena (Ijara) 19 (0)
2021 Real Salt Lake 8 (0)
2022- Cartagena 16 (0)
Milliy terma jamoa
2012 Xorvatiya U19 3 (0)
2012 Xorvatiya U20 1 (0)
2017- Xorvatiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 8-iyul uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Pag orolid tugʻilgan Datković Riyekaga koʻchib oʻtishdan oldin Novaljaning quyi toifadagi „Lokomotivada“ jamoasi tarkibida olti oy oʻynagan. Shundan soʻng Datković Rijeka akademiyasiga qoʻshilgan. Jamoa uchun koʻrsatgan oʻyinlaridan soʻng Datković U19 jamoasi sardoriga aylangan[4].

Datković hech qachon HNK Rijeka tarkibida Prva HNL doirasida maydonga tushmagan. Keyinchalik u Druga HNL klubi NK Pomorac Kostrenaga ijaraga yuborilgani va u yerda 2 yil f=davomida qolgan[5]. 2014-yilning yozida Datković Sloveniyaning PrvaLiga jamoasi NK Zavrč jamoasiga kelib qoʻshilgan va klub safida ligada 52 oʻyin oʻtkazgan hamda uchta golga mualliflik qilgan. Datković 2016-yilning yanvarida Koper jamosiga qoʻshilgan[6].

Datković 2019-yil 2-sentyabrda xorijga ko‘chib o‘tgan, yaʼni Segunda Divizionining „Hueska“ jamoasiga bir yillik ijara shartnomasi asosida qo‘shilgan[7].

2020-yil 18-avgustda u Aris bilan uch yillik shartnoma imzolagan[8]. Datković kamdan-kam oʻyinlarda maydonga tushganidan soʻng, 2021-yil 10-yanvarda „Cartagena“ klubi bilan mavsum oxirigacha ijara shartnomasiga rozi boʻlgach, jamoa tarkibiga kelib qoʻshilgan[9].

2021-yil 2-iyun kuni Datković MLS jamoasi „Real Salt Lake“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[10]. 18-yanvarda Datković ikki yarim yillik shartnomaga rozi boʻlgach, Cartagena jamoasiga qaytgan[11].

Xalqaro faoliyati tahrir

Datković Xorvatiya terma jamoasi safida debyutini 2017-yil yanvar oyida Xitoy kubogi doirasida Xitoyga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Bugunga qadar Datković terma jamoa safida boshqa maydonga tushmagan[12].

Shaxsiy hayoti tahrir

Datković — futbol murabbiyi Ivitsa Datkovićning oʻgʻli, uning akasi Marin ham professional futbolchi[13].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Pomorac (Ijara) 2012—13 2. HNL 25 1 0 0 25 1
2013—14 20 1 0 0 20 1
Jami 45 2 0 0 45 2
Zavrč 2014—15 PrvaLiga 31 3 4 2 35 5
2015—16 21 0 2 0 23 0
Jami 52 3 6 2 58 5
Koper 2015—16 PrvaLiga 14 3 14 3
2016—17 30 2 1 0 31 2
Jami 44 5 1 0 45 5
Lokomotiva 2017—18 Prva HNL 17 0 0 0 17 0
2018—19 25 2 3 2 28 4
2019—20 7 1 7 1
Jami 49 3 3 2 52 5
Huesca (Ijara) 2019—20 Segunda Divizióni 17 0 2 0 19 0
Karyerada jami 207 13 12 4 0 0 0 0 219 17

Manbalar tahrir

  1. „Àntūn“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Tȍni (Tȏni)“. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  2. „dȁti“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Dȁtković“. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  3. „T. Datković“. Soccerway.com. Qaraldi: 2017-yil 23-iyun.
  4. „Bijeli“ jesenski viceprvaci at novilist.hr
  5. Toni Datković, nogometaš Pomorca: Nitko se s Kantride ne javlja, mislim da ću potražiti novu sredinu at sportcom.hr
  6. Koper predstavil deset novincev, na Bonifiki deset tujcev at Ekipa24.si
  7. „Toni Datkovic, un central zurdo contundente“ (es). SD Huesca (2019-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-sentyabr.
  8. „Άρης: Ντάτκοβιτς τριετίας στους κίτρινους“. www.sport24.gr (2020-yil 18-avgust).
  9. „El central croata Datkovic se incorpora al Cartagena cedido por el Aris de Salónica“ (es). FC Cartagena (2021-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 11-yanvar.
  10. „Real Salt Lake Signs Defender Toni Datković | Real Salt Lake“.
  11. „Datkovic vuelve al Efesé para sumar garra y carácter a la defensa albinegra“ (es). FC Cartagena (2022-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 19-yanvar.
  12. „Player Database“. EU-football. Qaraldi: 2022-yil 9-iyul.
  13. Ivica Datković nije sjedio na klupi Novalje zbog svadbe standardnog prvotimca Marina Datkovića at sportcom.hr