Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti akademik litseyi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qoshidagi Akademik litsey (ALTITLI) Oʻzbekiston Respublikasidagi kasb-hunar taʼlimi muassasasi boʻlib, oʻz faoliyatini Toshkent shahridagi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan yaqin hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim standartlari talablariga muvofiq olib boradi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining akademik litseyi
(ALTITLI)
Xalqaro nomi Academic Lyceum of the Tashkent Textile and Light Industry Institute
Asos solingan 1999-yil
Rektori Yuldasheva Umida Tuxtamuradovna
Manzili Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasi, 5/4-uy
Vebsayti altitli.uz

Litsey matematika, fizika, ingliz tili, chizmachilik, kimyo kabi fanlardan kengaytirilgan taʼlim beradi. Kursni muvaffaqiyatli tugatganlar, toʻgʻridan-toʻgʻri u yerda taklif qilingan bakalavr dasturlaridan biriga yozilishlari mumkin.

Ta’lim muassasasida yo‘nalishlar tahrir

Ta’lim muassasasida o‘quvchilar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha tahsil olmoqda.

  • (Aniq fanlar-1 (matematika-fizika)
  • Aniq fanlar-2 (matematika-ingliz tili)
  • Aniq fanlar-3 (rasm-chizmachilik)
  • Tabiiy fanlar-2 (matematika-kimyo)

O‘quv jarayoni bir smenada, ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

Manzil tahrir

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining akademik litseyi Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining markazida, Yakkasaroy tumani Shohjahon ko‘chasi, 5/4-uyda joylashgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir