Tuksiz sugʻuroʻt (lotincha: Adonanthe leiosepala) – ikki urugʻpallalilar sinfi, ayiqtovondoshlar oilasiga mansub gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Chotqol tizmasida, Parkent, Zarkent qishloqlari atrofida tarqalgan[1].

Tuksiz sugʻuroʻt
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Adonanthe
Oila: Ayiqtovondoshlar
Binar nomi
Adonanthe leiosepala

Tavsifi tahrir

Balandligi 15-20 sm gacha yetadigan koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Ildizpoyasi orqali ko‘payishi ham mumkin. Popuk ildiz tizimiga ega. Barglari ildiz boʻgʻzidan chiqadi, rangi qoʻngʻir, qisqa. Barglari poyada ketma- ket joylashgan, yuksiz, silliq. Novdalari sershox va serbarg. Barglari patsimon boʻlingan, yupqa va kichik. Gullari yirik, yakka yakka joylashgan. Ikki jinsli urug‘chibarga va changchisi bitta gulda joylashgan. Gultojibarglari toʻq sariq tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. May oyida gullab mevasi iyun-iyul oylarida pishib yetiladi. Mevasi ilmoqsimon, uchi qayrilgan, hayvonlar yungiga ilashib tarqalishga moslashgan. Urug‘i yetilganidan keyin 2-3 yil oʻtib oʻsib chiqadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti tahrir

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan. Bu tur tarqalgan yerlar 3,5-4 ming gektarga yetadi. Toshkent viloyati Chotqol tizmasi, Parkent va Zarkent qishloqlari atrofida tarqalgan. Bundan tashqari So‘qoqsoy, Boshqizilsoy, Qurama togʻ tizmasi va Qamchiq doʻkonida uchraydi. Togʻlarning yuqori qismlaridagi toshli va shagʻalli tuproqlarda oʻsadi. Urugʻining unib chiqish foizi kamligi, boshqa oʻsimliklar bilan raqobatga chidamsizligi tur areali qisqarishining asosiy sababi hisoblanadi. Ugom Chatqol davlat tabiat milliy bogʻida himoya ostiga olingan[2].

Manbalar tahrir

  1. „Adonanthe leiosepala (Butkov)“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.