Turklarning Islom dinini qabul qilishi

Turklarning Islomni qabul qilishlari, turklarning Islom dinidan avval oʻzlari mansub boʻlgan Tangrichilik eʼtiqodidan voz kechib, dinlarini oʻzgartirganliklari bilan bogʻliqdir. Taxminan X asrga qadar Tangrichilik dini turklar orasida eng keng tarqalgan din edi. Turklarning Islom dini bilan birinchi aloqasi, Shialar va Alaviylarning toʻrtinchi imom sifatida qabul qilgan Imom Zayn al-Obiddinning turklar tomonidan Karbaloda himoya qilish maqsadida Xurosonga olib ketilishi edi. Islomgacha boʻlgan turklar va musulmon arablar oʻrtasidagi ilk toʻqnashuv VII asrda boʻlgan va bu xalifalik va imomlik oʻrtasidagi toʻqnashuvlar bilan yuzaga kelgan. [1]

Paygʻambarimizdan keyin yuzaga kelgan Siffin jangidan soʻng boshlangan Ummaviylar davrida, Islom asosan Arab millatchiligi asosida rivojlangan din edi. Islom davlati yangi zabt etishlar bilan ancha kengayib, Turklar koʻmagida Alaviylar va Shialar oʻrnashib qolgan Movarounnahrgacha yetib bordi. [2]

VIII asr tahrir

700-yillar boshida jihod eʼlon qilib [3] turklar yashagan shaharlarga kirgan Arab-Islom davlati Ummaviylarining qoʻmondonlaridan biri boʻlgan Qutayba ibn Muslim, oʻzi hujum qilgan yerlaridagi gʻayrimusulmon turklarga qarshi juda qattiq kurash olib bordi. Koʻp sonli insonlarni oʻldirib, shaharlarni talon-taroj qilib, [4] qoʻlga kiritgan oʻljalari bilan oldinga siljigan Qutayba ibn Muslim oʻlimigacha oʻz faoliyatini davom ettirib, Islom dinini tanitgan boʻlsa-da, uning harakatlari turklarning ommaviy ravishda Islomni qabul qilishiga olib kelmadi. [5]

Umar ibn Abdulazizning hamma joyda karvonsaroylar, kasalxonalar qurish va adolatli boshqaruv oʻrnatish haqidagi gʻoyasi amalga oshirilganda, turklar juda tez vaqt ichida Isom dinini qabul qilgan boʻlar edi. Talonchilik tufayli jihod tushunchasining ikkinchi oʻringa qoʻyilishi va birinchi navbatda zulmning ustunlik qilishi, arab zulmining Ummaviylar orqali davom etganiga dalil boʻldi. Biroq bunday voqealarga qaramay, turklar bilvosita Islomni qabul qila boshladilar. [6]

Xazar turklari tahrir

Islom dinini qabul qilgan birinchi turk davlati sifatida Xazarlar ham koʻrsatiladi.[7] 723-yilda Xazar turklari Musulmon Arablarni magʻlubiyatga uchratgandan soʻng, Ummaviylar katta qoʻshin bilan Xazarlarga qarshi yurish qilib, xalifa Hishom ibn Abdulmalik (724-743) davrida xazarlarning Kavkazdan tashqarigachaha chekinishiga sabab boʻladilar.

Manbalar tahrir

  1. Alevi Devletleri — Muharrem Uçan, Horasanʼdan Anadolu’ya Horasanlı 90.000 Alevi Türkmen Erenleri ve Tarihi, Can Yayınları, 2. Baskı
  2. Kerbela Vakası ve Kerbelaʼnın İntıkamı — Ebu Müslim Horasani, Zaarif Kütüphanesi, 2. Cilt, „Emeviler devrinde Alevilerin Maveraünnehir ve Horasanʼa sürgün edilmesi“
  3. Türkler, Cilt I, Editörler: Hasan Celal Güzel, Prof. Dr. Kemal Çiçek, Prof. Dr. Salim Koca, Yeni Türkiye Yayınları, s. 67.
  4. Zekeriya Kitapçı, Türkistanʼın Müslüman Araplar Tarafından Fethi, Yedikubbe Yayınları, s. 185-186.
  5. „Namık Kemal Zeybek, "Neden İslam düşmanlığı", Radikal, 7 Mart 2009.“. 17 haziran 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24 nisan 2016.
  6. Fuad Köprülü, Türk Edebiyatında İlk Mutasavvıflar, 13.
  7. Doğuştan Günümüze Büyük İslam Tarihi. İstanbul: Çağ Yayınları — 27,28,29,30,31,32,33,34 Altıncı Cilt bet.