Ubaydulloh Alamkash – 1845-yilda Yangiqoʻrgʻon(Gʻallaorol) tumaniga boʻysunadigan Qizilqoʻrgʻon qishlogʻida tavallud topgan shoir[1].

Ubaydulloh Alamkash
Tavalludi 1845-yil
Yangiqoʻrgʻon(Gʻallaorol)
Vafoti Nomaʻlum
Kasbi Oʻqituvchi, shoir, yozuvchi

Taʼlimi tahrir

Alamkash Samarqanda va Buxoro madrasalarida tahsil olgan[2]. Madrasalardagi taʼlimni yakunlagacha maktabda dars bergan. Darsdan boʻsh vaqtlarida esa maxsidoʻzlik va xattotlik bilan shugʻullangan.

Kasbiy faoliyati tahrir

Ubaydulloh Alamiy boshlangʻich maktab oʻquvchilariga bagʻishlangan qoʻllanma yaratgan. 1898-yilda „Chahor“ kitobini fors tilidan turk tiliga tarjima qilgan. Kitobni Toshkentlik Abduqayum nomli insonning mablagʻlari evaziga 191—1914-yillarda Gʻulomxasan Orifjonov matbaasida chop etilgan. Ubaydulloh Alamkash xalq orasida oʻzining sheʻrlari, ruboyilari bilan mashhur.

Asarlari tahrir

Uning qalamiga mansub 6000 misradan ortiq sheʼrni oʻz ichiga olgan asari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi „Sharq qoʻlyozmalari“ markazida saqlanmoqda. Ubaydulloh Alamkshaning bu asarida 257 ta gʻazal, 61 ta ruboiy, 18 ta qitʻa, 10 ta soqiynoma, 4 ta muhammas oʻrin olgan[3]. Shoirning ikkita katta bayozi va Gʻozibek Muhammaddiyor oʻgʻli tartibga keltirgan bayozi orqali Alamkashning koʻplab sheʼrlari bizgacha yetib kelgan. Alamkash gʻazallarida ishqning rang barangligi jihatlari ifodalangan.

Manbalar tahrir