Ubaydulloh ibn Jahsh (arab. عبيد الله ابن جحش; (taxminan 588–627) arab qabilalaridan Banu Asadning boshligʻi boʻlgan[1].

Ubaydulloh ibn Jahsh
Tavalludi 588
Vafoti 627, Aksum qirolligi
Turmush oʻrtogʻi Ramla bint Abu Sufyon
Otasi Jahsh ibn Riyob
Onasi Umayma bint Abdulmuttalib


Biografiyasi tahrir

U Jahsh ibn Riyob va Umayma bint Abdulmuttalibning oʻgʻli boʻlib, Abdulloh ibn Jahsh, Zaynab bint Jahsh, Abu Ahmad ibn Jahsh, Habiba bint Jahsh va Hammona bint Jahsh uning aka-singillari, Muhammad alayhissalom va Ali uning amakivachchasi, Hamza ibn Abdulmuttalib esa uning togʻasi edi[2][3]. U Ramla binti Abu Sufyonga (Ummu Habiba nomi bilan ham tanilgan) uylangan. Ularning nikohidan Habiba bint Ubaydulloh ismli qiz farzand dunyoga kelgan[4].

Ubaydulloh ibn Jahsh Ibn Ishoq zikr qilgan toʻrt haniflardan biri boʻlib, qolganlari Varaqa ibn Navfal, Usmon ibn Huvayris va Zayd ibn Amr edi. U islomga kirganidan soʻng makkaliklar zulmidan qutulish uchun xotini bilan birgalikda Habashistonga hijrat qilgan[5]. Aksum imperiyasining bir qismi boʻlgan Axumda nasroniy shoh (Najoshiy nomi bilan tanilgan) Asxama ibn Abjar musulmonlarga boshpana bergan. U yerda Ubaydulloh oxir-oqibat nasroniylikni qabul qilgan. Ibn Ishoq aytadi: “Ubaydulloh to Islom kelguniga qadar haq dinni izlashda davom etdi. Keyin musulmon boʻlgan xotini Ummu Habiba bint Abu Sufyonni olib, musulmonlar bilan Habashistonga hijrat qildi.

Habashistonda u keyinchalik o‘limiga sabab bo‘ladigan kasallikka chalingan, lekin vafotidan oldin Muhammad payg‘ambarga agar vafot etsa, xotiniga uylanishni tavsiya qilgan [6]

Manbalar tahrir

  1. Muhammad ibn Ishaq, Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, pp. 98-99. Oxford: Oxford University Press.
  2. Guillaume/Ishaq pp. 99, 146.
  3. Muhammad ibn Saad, Tabaqat vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 33. London: Ta-Ha Publishers.
  4. Bewley/Saad p. 68.
  5. Guillaume/Ishaq, p. 146.
  6. „Payg'ambarning tarjimai hollarida mish-mishlar tarqalgan va isbotlanmagan“.