Uch temirchi (fin: Kolme seppää, shved. Tre smeder) — Feliks Nylundning Xelsinki shahrida oʻrnatilgan haykaltaroshlik kompozitsiyasi. Finlandiya poytaxtining ramzlaridan biri hisoblanadi

Tavsifi tahrir

Yodgorlik Aleksandrovskaya koʻchasi va Mannerxaym prospekti kesishmasida tashkil etilgan „Uch temirchi“ maydonida joylashgan. Bu maydon mashhur uchrashuv oʻtkaziladigan joydir.

1932-yilda ochilgan kompozitsiyada uch nafar yalangʻoch temirchi sandonni bolgʻa bilan urayotgani tasvirlangan. Bronza haykalning granit poydevori yuqori qismida lotincha matn yozilgan lavha oʻrnatilgan: MONUMENTUM — CURAVIT — LEGATUM — J. TALLBERGIANUM — PRO HELSINGFORS AD MCMXXXII („Yodgorlik Yu. Tallberg xayriyasi evaziga tiklangan. 1932-yilda)“.

Tarixi tahrir

Haykal Xelsinki shahriga Pro Helsingfors („Xelsinki uchun“) jamgʻarmasi tomonidan sovgʻa qilingan. U savdogar Yulius Tallbergning pul xayriyasi evaziga sotib olingan. Tallberg savdo uyi Uch temirchi maydonining shimoliy qismida joylashgan.

Ikkinchi jahon urushi paytida 1944-yili bombardimon paytida yodgorlikka shikast yetgan. Haykalning tagida zarar izlari hali ham koʻrinadi va sandonda bomba parchasidan teshik bor.

Haykallarni „kiyintirish“ tahrir

Vaqti-vaqti bilan temirchilar turli holatlar munosabati bilan „kiyintirilgan“. Masalan, ular COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan joriy qilingan karantin paytida niqob taqqan va bolgʻa bilan urgan sandonda SARS-CoV-2[1] yozuvi paydo boʻlgan[2].

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir