Ummu Iso binti Muso Al-Hadiy

arab malikasi va Abbosiylar xalifasi Al-Ma'munning birinchi xotini

Ummu Iso bintu Muso Al-Hadiy (arabcha: أم عيسى بنت موسى الهادي) — Abbosiylar sulolasining toʻrtinchi hukmdori xalifa Al-Hadiyning qizi, xalifa Horun ar-Rashidning jiyani va yettinchi Abbosiy xalifasi Al-Maʼmunning bosh xotini boʻlgan Abbosiylar malikasi.

Ummu Iso bintu Muso Al-Hadiy
أم عيسى بنت موسى الهادي
Zavjat al xalifa
Abbosiylar xalifasining rafiqasi
Oʻtmishdoshi Lubana bint Ali ibn Al-Mahdiy
Davomchisi Hadicha bint al-Hasan ibn Sahl
Tugʻilishi 783 yoki 785-yil
Abbosiylar xalifaligi Bagʻdod yoki Hadisa shahri
Vafoti 830-yillar
Abbosiylar xalifaligi Bagʻdod shahri
Turmush oʻrtogʻi Al-Maʼmun
Farzandlari
  • Muhammad al-Asgʻar ibn al-Ma'mun
  • Abdulloh ibn Abdulloh al-Ma'mun
Sulola Abbosiylar
Otasi Muso Al-Hadiy
Dini Islom

Ummu Iso Al-Hadiyning (hukmronligi 785-786-yillar) kanizaklaridan birining qizi edi. U 783 yoki 785-yillarda tugʻilgan. Bolaligi Bag'dodda oʻtgan. Otasi 786-yilda vafot etganida u yosh bola edi. Uni otasining oʻrniga amakisi Horun ar-Rashid tarbiya qildi. Al-Hadiy vafotidan keyin amakisi unga va ukasiga gʻamxoʻrlik qildi.

Al-Maʼmun birinchi xotini sifatida amakisi Al-Hadiyning qizi boʻlgan Ummu Isoga uylandi, u oʻn sakkiz yoshida unga uylandi. Ularning Muhammad Al-Asgʻar va Abdulloh ismli ikki oʻgʻli bor edi[1]. Ular xalifa Horun ar-Rashid hukmronligi davrida nikohdan oʻtishgan. Shuningdek, Al-Hadiyning Ismoil va Jaʼfar ismli ikki oʻgʻli Horun ar-Rashidning qizlari Hamduna va Fotimaga uylanishdi[2]. Shunday qilib, Horunning ikki qizi Ummu Isoning ham amakivachchalari, ham kelinoyilari edi. Uning hayoti haramida tanho hayot kechganligi sababli u haqida faqat bir necha narsalargina maʼlum.

Ummu Iso eri Al-Maʼmundan bir-ikki yosh katta edi. Uning eri otasi vafot etgan va amakisi xalifalikka taxtiga oʻtirgan kunning oʻzida tugʻilgan edi.

Uning amakisi, xalifa Horun ar-Rashid ikki katta oʻgʻli Al-Amin va Al-Maʼmunni taxt vorisligiga nomzodini ilgari surgan edi. 792-yilda Horun Muhammadga Al-Amin („Ishonchli“) nomi bilan sodiqlik qasamyodini (bayʼat) qabul qildirib, uni amalda taxt vorisi etib belgilab qoʻydi. Abdulloh ikkinchi merosxoʻr deb atalmadi va 799-yilgacha Al-Maʼmun („Ishonchli shaxs“) nomi bilan atalgan[3][1]. Ummu Isoning eri Al-Maʼmun amakivachchasi va qayin ogʻasi Al-Amin vafotidan keyin xalifa boʻldi. 813-yilda Al-Aminning boshi tanasidan judo qilindi va Al-Maʼmun soʻzsiz xalifalik taxtiga oʻtirdi[4].

Oila tahrir

Ummu Iso Abbosiylar hukmron xonadoniga ham ota, ham ona tomonidan qarindosh edi. U bir qancha Abbosiy xalifalari, Abbosiy shahzodasi va malikalari bilan zamondosh boʻlgan.

T/r. Abbosiylar Qarindoshligi
1 Musa al-Hadiy Otasi
2 Horun ar-Rashid Amakisi va qaynatasi
3 Al-Amin Amakivachchasi va qayin ogʻasi
4 Al-Ma'mun Turmush oʻrtogʻi
5 Muhammad Al-Asgʻar Toʻngʻich oʻgʻli
6 Abdallah ibn al-Maʼmun Ikkinchi oʻgʻli
7 Hamdunah bint Horun ar-Rashid Amakivachchasi va kelinoyisi
8 Fotima bint Horun ar-Rashid Amakivachchasi va kelinoyisi
9 Jafar ibn Musa al-Hadi Akasi
10 Al-Abbas ibn Musa al-Hadi Akasi
11 Abdallah ibn Musa al-Hadi Akasi
12 Ishaq ibn Musa al-Hadi Akasi
13 Ismaʼil ibn Musa al-Hadi Akasi
14 Sulayman ibn Musa al-Hadi Akasi
15 Musa ibn Musa al-Hadi Ukasi
16 Umm al-Abbas bint Musa al-Hadi Singlisi

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Rekaya 1991, s. 331.
  2. Abbott 1946, ss. 157.
  3. Gabrieli 1960, s. 437.
  4. Kennedi, Hugh. Paygʻambar va xalifaliklar davri. London va Nyu-York: Pearson Longman — 148–150 bet. ISBN 0-582-49312-9. 

Adabiyotlar tahrir

  • Rekaya, M.. al-Maʾmūn — 331–339 bet. 
  • Abbott, Nabia. Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press, 1946. ISBN 978-0-86356-031-6. 
  • Ibn al-Sāʿī (2017). Consorts of the Caliphs: Women and the Court of Baghdad
  • Gabrieli, F.. al-Amīn — 437–438 bet.