Viktor Leonardo Kuesta (ispancha: Víctor Leandro Cuesta) 1988-yil 19-noyabrda tugʻilgan. Argentinalik futbolchi, „Botafogo“ va Argentina terma jamoasi himoyachisi hisoblanadi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Víctor Leandro Cuesta Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Víctor Leandro Cuesta
Tugʻilgan 19-noyabr 1988-yil(33 yosh)
La-Plata, Buenos Ayres,Argentina
Fuqaroligi Flag Argentini Argentina
Boʻyi 175 cm
Vazni 74 kg
Pozitsiyasi himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Brazilii Botafogo
Xalqaro medallari
Amerika kubogi
Kumush AQSh 2016

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Kuesta Sarandi shahridan „Arsenal“ klubining futbol akademiyasi bitiruvchisi. 2010-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u „Defensa“ va „Justicia“ klublariga ijaraga oʻtdi. 31-yanvar kuni „Tiro Federal“ga qarshi oʻyinda Viktor Argentina Primera B ligasida debyut qildi[1]. 10-aprel kuni „Atletiko Rafaela“ga qarshi bahsda Kuesta yangi jamoasi safidagi ilk golini urdi[2]. 2011-yilning yozida u „Arsenal“ga qaytdi. 30-oktabr kuni „Independiente“ga qarshi oʻyinda Vkitor Argentina Primer ligasida debyut qildi[3]. 2012-yilda u klubga Argentina chempionatida gʻalaba qozonishiga yordam berdi. 2013-yil 18-mart kuni „San-Martin San-Xuan“ga qarshi kechgan duelda Kuesta „Arsenal“ safidagi ilk golini urdi[4]. Oʻsha yilning yozida u „Xurakan“ga ijaraga oʻtdi. 6-avgust kuni „Krusero del Norte“ga qarshi oʻyinda Viktor yangi klubida debyut qildi[5]. 2014-yilning 23-martida „Patronato“ga qarshi kechgan duelda u „Xurakan“ uchun birinchi golini urdi[6]. Kuesta jamoaga Argentina kubogini yutishda yordam berdi.

2014-yil qishda Viktor „Independiente“ klubiga koʻchib oʻtdi. Transfer summasi 400 ming yevroni tashkil qildi. 17-avgust kuni „Estudiantes“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[7]. 18-noyabr kuni „Lanus“ga qarshi duelda Kuesta „Independiente“ uchun birinchi golini urdi[8].

2017-yil boshida u A Seriyaga qaytish vazifasi qoʻyilgan Braziliya „Internasional“ jamoasiga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati tahrir

2016-yilning 28-may kuni Kuestra Argentina terma jamoasida Gondurasga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[9]. Oʻsha yilning yozida Viktor AQShda oʻtkazilgan Amerika kubogining kumush medali sohibiga aylandi. Turnirda u Boliviya va AQSh jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[10][11]. Boliviyaliklarga qarshi kechgan duelda esa terma jamoadagi ilk golini urdi.

2016-yil yozida Viktor Argentina olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Portugaliya va Jazoir jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[12][13].

Argentina termasidagi gollari tahrir

sana Stadion Raqib Natija Musobaqa
1. 2016-yil 15-iyun Century Link Field, Sietl, AQSh   Boliviya 3 :0 Amerika kubogi 2016

Manbalar tahrir

  1. „Тиро Федераль VS. Дефенса и Хустисия 2:0“ (en). soccerway.com (2010—01—31). 2017-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  2. „Дефенса и Хустисия VS. Атлетико Рафаэла 3:1“ (en). soccerway.com (2010—04—10). 2017-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  3. „Индепендьенте VS. Арсенал Саранди 0:0“ (en). soccerway.com (2011—10—30). 2017-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  4. „Арсенал Саранди VS. Сан-Мартин Сан-Хуан 3:2“ (en). soccerway.com (2013—03—18). 2017-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  5. „Крусеро-дель-Норте VS. Уракан 1:0“ (en). soccerway.com (2013—08—06). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  6. „Уракан VS. Патронато 3:0“ (en). soccerway.com (2014—03—23). 2015-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  7. „Эстудиантес VS. Индепендьенте 1:0“ (en). soccerway.com (2014—08—17). 2017-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  8. „Индепендьенте VS. Ланус 4:1“ (en). soccerway.com (2014—11—18). 2017-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-may.
  9. „Аргентина VS. Гондурас 1:0“ (en). soccerway.com (2016—05—28). 2016-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 15-iyun.
  10. „Аргентина VS. Боливия 3:0“ (en). soccerway.com (2016—06—15). 2016-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  11. „США VS. Аргентина 0:4“ (en). soccerway.com (2016—06—22). 2016-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 28-iyun.
  12. „Португалия (до 23) VS. Аргентина (до 23) 2:0“ (ru). soccerway.com (2016-yil 4-avgust). 2016-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-oktyabr.
  13. „Аргентина (до 23) VS. Алжир (до 23) 2:1“ (ru). soccerway.com (2016-yil 7-avgust). 2016-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 17-oktyabr.