Saidov Vafo1879-yili tug‘ilgan, Xonqa rayoni Zinaxas qishloq sovetidan, sobiq quloq, hibsga olingunga qadar kolxoz a’zosi. Aksilinqilobiy guruh a’zosi sifatida o‘z uyida yig‘ilishlar o‘tkazib, ularda kolxozlarni tarqatib yuborish masalalarini muhokama qilganlikda, kolxozchilarga kolxozdan chiqish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berganlikda, guruhning a’zolari aytganlarini ma’qullaganlikda, kolxozchilar orasida millatchilik, aksilinqilobiy tashviqot olib borganlikda, xonlik tuzumini maqtaganlikda ayblangan.[1]

Manbalar tahrir

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 75 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.