Vasiliy Yegorovich Kirichyok – (21.01.1940, Shimoliy Qozogʻiston viloyati Ruzayev tumani, Chervonnoe qishlogʻi 2010-yil 3-aprel.) – Qozogʻiston SSSR, Koʻkchetov viloyati, Kuybishev tumanida tavallud topgan. U Chervonniy sovxozi traktor-dala brigadasi brigadiri vazifasida ishlagan. Va shuningdek, Vasiliy Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1976) va Qozogʻiston SSSR Oliy Kengashi deputati hamdir.

Vasiliy Yegorovich Kirichyok
SSSR Oliy kengashi deputati
Qozogʻiston Senat azosi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Vasiliy Yegorovich

1940-yil 21-yanvar
Ruzayevskiy tumani, Shimoliy Qozog’iston viloyati, Qozogʻiston
Vafoti 2010-yil 3-aprel
Chervonnoe qishlog’i Qozog’iston
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi

Biografiya tahrir

1940-yil 21-yanvarda Shimoliy Qozogʻiston viloyati Ruzaevskiy tumani Chervonnoe qishlogʻida koʻp bolali dehqon oilasida tugʻilgan.

1955-yilda tugʻilib oʻsgan qishlogʻidagi yetti yillik maktabni tamomlab, shu yili „Chervonniy“ sovxozida mehnat faoliyatini boshlagan. Sovxoz ustaxonasida tirkamachi, mexanik boʻlib ishlagan.

1956-yildan Lobanovskiy qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash maktabida oʻqigan, soʻngra Chervonniy sovxozida traktorchi boʻlib ishlashni davom ettirgan.

1960-yilda Sovet armiyasi safiga harbiy xizmatga chaqirilgan.

1963-yilda u armiyadan qaytib, Peskovskiy qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash maktabida oʻqishni boshladi, shundan soʻng u kombaynchi mutaxassisligi vazifasida ishlay boshladi.

1968-yilda 2-traktor-dala brigadasiga brigadir etib tayinlandi. 1973-yilda Vasiliy Kirichka boshchiligidagi brigada har gektardan oʻrtacha 26,4 sentnerdan gʻalla oldi. Ushbu yuqori mehnat koʻrsatkichlari uchun u Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

9.5 yillik mehnati tufayli (19711975) topshiriqlarini muddatidan oldin bajardi. 1976-yilda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni qoʻlga kiritgan.

Bir necha bor VDNKh Butunittifoq koʻrgazmasida qatnashgan. U yerda bronza, kumush va oltin medallarga sazovor boʻlgan.

1977-yilda Koʻkchetav tajriba stansiyasi sovxoz-texnika bilim yurtini ishdan boʻshamasdan, 1985-yilda Selinograd qishloq xoʻjaligi institutining sirtqi boʻlimini agronom mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Qozogʻiston SSSR Oliy Kengashi deputati (1980-1985) va KPSS XXVI qurultoyiga delegat etib saylangan.

2008-yilda nafaqaga chiqqan.

2010-yil 3-aprelda tugʻilib oʻsgan qishlogʻida vafot etgan va shu yerda dafn etilgan.

Mukofotlar tahrir

Sotsialistik Mehnat Qahramoni Lenin ordeni – ikki marta (1973, 1976) Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1966)

Havolalar tahrir