Veselin Stešević (oʻzbekcha: Vesco Stesevic; 18-dekabr 1965-yil, Chernogoriya) – Chernogoriyalik futbol murabbiyi. Hozirda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bosh murabbiyi.

Vesco Stešević
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Veselin Stešević
Tavallud sanasi 18-dekabr 1965-yil (1965-12-18) (58 yosh)
Tavallud joyi Chernogoriya Chernogoriya
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Oʻzbekiston Metallurg Bekobod
Raqami (Bosh murabbiy)
Boshqargan klublari
Years Team
2010—2011 Rossiya FC Dinamo Moskva yordamchi murabbiy
2011—2012 Rossiya FC Amkar Perm yordamchi murabbiy
2012—2013 Rossiya FC Rostov yordamchi murabbiy
2017 Ummon Al-Faisaly SC
2017—2018 Chernogoriya FC Mladost
2018—2019 Chernogoriya OFK Grbalj
2019—2020 Chernogoriya FK Dečić
2021 Chernogoriya FK Podgorica
2021—2022 Rossiya FC Arsenal Tula
2023 Oʻzbekiston Metallurg Bekobod

Faoliyati tahrir

Veselin „Vesco“ Stešević murabbiylik faoliyatini Serbiya va Chernogoriya klublarida boshlagan. 2010-yillarda Rossiyaning „Dinamo Moskva“ „Amkar Perm“, „Rostov FC“ jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2017-yilgi mavsumda Ummonning Al-Faisaly SC" jamoasida bir muddat bosh murabbiy vazifasini bajargan. 2017-yil ona vatani, Chernogoriyaga qaytib, bir qator jamoalarda bosh murabbiylik qilgan. 2021-yilgi mavsumda yana Rossiya qaytdi va bu safar Tulaning „Arsenal“ jamoasida yordamchi murabbiy lavozimida 2022-yil yoz oyigacha ishlagan. 2023-yil aprel oyida Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga taklif etildi[1] va mavsum yakunigacha shartnoma imzolandi[2]. Sentyabr oyida Stešević OʻzPFL tomonidan oyning eng yaxshi murabbiy deb eʼtirof etildi[3]. 2023-yil 17-noyabrda 2026-yilga qadar shartnomani uzaytirdi[4][5].

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir