Oʻzbekcha English
Oʻzbekcha Vikipediya maqolalari soni 20 mingdan oshdi

2012-yilning 5-iyulida oʻzbekcha Vikipediyadagi (uz.wikipedia.org) maqolalar soni yigirma mingdan oshdi. 20 000-chi maqola Meteorologiya haqida boʻldi.

Roppa-rosa bir oy avval maqolalar soni 10 mingga yetgani haqida xabar qilingan edi. Shu vaqt ichida faol foydalanuvchilarimiz yanada faollashishdi, Vikipediya qanday ishlashini tushunishga yordam beruvchi sahifalar tayyorlandi, Skype-konferensiya ishga tushirildi. Foydalanuvchilar oʻz qoʻllari bilan naq 400 dan oshiq maqola yaratishdi va mavjudlarini yaxshilashda davom etishmoqda.

Biroq achinarlisi shundaki, sahifalarimiz sonini asosan bot bilan oshirdik, bundan maqsad oʻzbekcha Vikipediyaga va uning Oʻzbekiston hududida toʻsilganligiga eʼtibor qaratishdir.

Vikipediya nashrlari Maqolalar soni
Qozoqcha Vikipediya 236 596
Qirgʻizcha Vikipediya 79 139
Tojikcha Vikipediya 112 522
Turkmancha Vikipediya 6 851
Oʻzbekcha Vikipediya 259 996