2023-yil 20-dekabrdan 2024-yil 20-yanvargacha WikiAyollar marafoni oʻtkazilgani haqidagi ushbu hisobot hakamlar hay’atining umumiy konsensusiga asoslangan.

Ishtirokchilar hissasi

tahrir

Marafonda roʻyxatdan oʻtgan 17 ta Vikipediya foydalanuvchilari va 1 ta anonim foydalanuvchi ishtirok etdi. Ular ichidan eng yaxshi natija koʻrsatgan 3 ta ishtirokchi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Marafon davrida oldindan tanlanlab olingan 42 ta mavzuga oid maqolalar ustida ishlandi. Natijada 27 ta yangi maqola yaratildi (ulardan 2 tasi Vikipediya mezonlariga asosan oʻchirildi); 11 ta avval yaratilgan maqolalarning hajmi 1,1–6,4 barobarga kengaytirildi; 4 ta avval yaratilgan maqolaning xato va kamchiliklari tuzatildi.

Hakamlar hay’ati marafonning barcha ishtirokchilariga minnatdorchilik bildiradi va ularga hozirgi faolliklari bardavom boʻlishini tilaydi. Barchangizga rahmat!

Ishtirokchilar roʻyxati va ularga berilgan ballar yigʻindisini quyidagi jadvalda koʻrishingiz mumkin.

Natijalar

tahrir
Foydalanuvchi Ballar yigʻindisi
01 Panpanchik 72
02 Muzaffar Turgunov 41
03 Sitora Oblakulova 15
04 Mirfayzbekabdullayev. 14
05 XayrinisoJorayeva 13
06 Xoqoni Said 12
07 Hamrayev Zafarjon 6
08 Nafisa Qurbonova 4
09 Xabibulla Muxamedov 3
10 Alibek Attamonov 2
11 Boboxonovna 2
12 Alpasli 1
13 Odiljon qizi 1
14 Wiki Chad 777 0
15 KayumovaFarzona -1
16 Khurmatxanim -1
17 Anonim foydalanuvchi -1
18 Khurriyet -2

Marafonda eng yaxshi natija koʻrsatgan foydalanuvchilar – gʻoliblar:

Sovrinlarni taqdim etish

tahrir

2024-yil 20-mayda Yoshlar ishlari agentligi binosining Press-klub zalida loyiha tashkilotchilari tomonidan maxsus tadbir tashkillashtirildi. Tadbirda „WikiAyollar“ marafonida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi.

Imzolar

tahrir