Vladimir Kilikevich
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 30-noyabr 1983-yil
Tavallud joyi Jdanov, Donetsk
Boʻyi 1.82 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Mariupol
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2007 Mariupol 36 (0)
2000—2007 Mariupol-2 83 (19)
2007 Aleksandriya 16 (2)
2007—2008 Oulun Pallo 15 (5)
2008—2009 Tortyon Pallo 47 8 (3)
2009 Desna 6 (1)
2009—2012 Iskra-Stal 63 (24)
2011 Tiraspol 31 (10)
2013 Dinamo Samarqand 12 (2)
2013 Buxoro 9 (0)
2015 Narva-Trans 32 (3)
2017—2021 Kolos
2017 Yarud
Milliy terma jamoa
2013—2014 Ukraina U-21 1 (0)
Boshqargan klublari
2020—21 Yarud
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vladimir Vladimirovich Kilikevich (ukraincha: Володимир Володимировіч Кілікевіч; 30-noyabr, 1983-yil) — ukrainalik sobiq futbolchi, hujumchi. Yarud klubi bosh murabbiyi.

Klubdagi faoliyati tahrir

2000-yilda Kilikevich professional faoliyatini „Ilyichevets“ klubida boshlagan. Ilychevetsning asosiy jamoasida Kilikevich 37 ta oʻyinda qatnashdi va birorta ham gol ura olmadi. „Mariupol-2“ futbol klubiga oʻtdi. „Ilyichevets-2“ klubida 83 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urgan.

2007-yilda „Aleksandriya“ klubi bilan shartnoma imzoladi va bu klubda 1 yil oʻynadi. Shu vaqt ichida 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Keyinchalik u Finlandiyaning „Oulun Pallo“ klubiga sotildi. Uning navbatdagi manzili esa Finlandiyaning „Tornyon Pallo“ jamoasi boʻldi. 2009-yil oʻrtasida shartnomani bekor qilib, Ukrainaga qaytdi.

Ukrainada u „Desna“ klubi bilan shartnoma imzoladi va 2009-yilning sentyabriga qadar jami 6 oʻyinda maydonga tushib, 1ta gol urdi. 2009-yil oxirida Moldovaning „Iskra-Stal“ klubiga oʻtdi va u yerda 2012-yil oxirigacha oʻynadi. Shu vaqt ichida 43 ta oʻyinda maydonga tushdi, 19 ta gol urdi[1].

2013-yil boshida SamarqandningDinamo“ klubi Kilikevichga eʼtibor qaratdi. „Dinamo“ tarkibida Kilikevich yarim mavsum oʻynadi va shu vaqt ichida liganing 12 ta oʻyinida qatnashib, 2 ta gol urdi. 2013-yil oxirida oʻzbekistonning boshqa klubi — „Buxoro“ ga oʻtdi.

2015-yilning bahorida tajribali hujumkor yarim himoyachi Estoniya Meisterligasi klubi — „Narva-Trans“ bilan shartnoma imzoladi[2]. 2015-yil sentyabr oyi oxirida „Nomme Kalju“ga qarshi kubok oʻyinida Kilikevich xorijiy jamoalar safida oʻzining 50-golini urdi[3].

Milliy terma jamoadagi faoliyati tahrir

Vladimir Kilikevich 2003-yilda Ukraina yoshlar terma jamoasi tarkibida 1 ta oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.

Murabbiylik faoliyati tahrir

2020—21-yilgi mavsum boshidan u Ukraina Ikkinchi ligasida debyut qilgan Mariupolning „Yarud“ klubini boshqargan[4].

Yutuqlari tahrir

„Iskra-Stal“ tarkibida
  • Moldova chempionati vitse-chempioni: 2009—10
  • Moldaviya kubogi sohibi: 2010—11

Manbalar tahrir

  1. „Владимир Киликевич: «Хотелось бы играть в чемпионате Украины»“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-aprel.
  2. „Владимир Киликевич: «Задача вернуться в лидеры эстонского футбола»“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-aprel.
  3. „«50 голов мариупольца в зарубежных командах»“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-oktyabr.
  4. „pfl.ua“. 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.