Vladimir Nikolayevich Qodirov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi. 1955-yildan KPSS aʼzosi. Oʻzbekiston KP Surxondaryo viloyat qoʻmitasi kotibi, Oʻzbekiston LKSM Surxondaryo viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri, Termiz davlat pedagogika instituti rektori, Surxondaryo viloyat komsomol qoʻmitasi birinchi kotibi va Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasining 1-kotibi[1][2].

Vladimir Qodirov
Tavalludi
Vladimir Qodirov

1929-yil
Vafoti 1974-yil 4-oktyabr
Samarqand viloyati
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Hayoti va faoliyati tahrir

1929-yilda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tugʻilgan.

1955-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol boʻlgan. 1955—1974-yillarda viloyat komsomol komiteti instruktori, pedagogika bilim yurti oʻqituvchisi, boʻlim mudiri, Surxondaryo viloyat komsomol qoʻmitasi birinchi kotibi, raykom birinchi kotibi, Surxondaryo viloyati Komsomol komiteti kotibi boʻlib faoliyat yuritgan. Keyinchalik Oʻzbekiston, Termiz davlat pedagogika instituti rektori, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti maʼmuriy organlar boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasining 1-kotibi sifatida faoliyatini davom ettirgan.

Faoliyati tahrir

1947-yilda Termiz pedagogika bilim yurtini tamomlagan. 1947-yildan beri— Oʻzbekiston komsomol (LKSM) viloyat qoʻmitasi instruktori. 1953-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

1953—1954-yillarda — pedagogika bilim yurti oʻqituvchisi.

1954—1959-yillarda — Oʻzbekiston LKSM Surxondaryo viloyat qoʻmitasi boʻlim mudiri, 1-kotibi.

1959-yilda — Oʻzbekiston KP Sherobod tuman qoʻmitasining 1-kotibi.

1959—1963-yillarda — Oʻzbekiston KP Surxondaryo viloyat qoʻmitasi kotibi.

1963—1966-yillarda — KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Ijtimoiy fanlar akademiyasi talabasi.

1966—1967-yillarda — Oʻzbekiston SSR Termiz davlat pedagogika instituti rektori.

1967—1973-yillarda — Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti maʼmuriy organlar boʻlimi mudiri.

1973-yil apreldan — 1974-yil 4-oktyabrgacha— Oʻzbekiston KP Samarqand viloyat qoʻmitasining 1-kotibi[3].

SSSR Oliy Kengashining IX-chaqiriq deputati etib saylangan[4]. 1974-yilda Samarqand viloyatida vafot etgan.

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Vladimir Qodirov biografiyasi“.
  2. „КАДЫРОВ Владимир Николаевич“.
  3. „Самаркандский областной комитет КП Узбекистана“.
  4. Депутаты Верховного Совета СССР. 9 созыв. Издание Президиума Верховного Совета СССР. — М., 1974. — 550 с., с. 189.