William Baines (1899-yil 26-mart – 1922-yil 6-noyabr) – 23 yoshida sil kasalligidan vafot etgan. Vafotiga qadar yakkaxon fortepiano uchun 150 dan ortiq asarlar, bir qator yirik orkestr asarlari yozgan ingliz pianinochisi va bastakori[1].

William Baines

William Baines 1920-yilda
Tavalludi 1899-yil 26-mart
Taʼlimi Lidsdagi Yorkshire musiqa kolleji
Kasbi professional musiqachi

Hayoti tahrir

1899-yil 26-mart kuni Yorkshire shtatidagi Ueykfild yaqinidagi Horbury qishlogʻida musiqachi oilada tugʻilgan. Uning otasi kinoteatrda pianinochi va ibtidoiy metodistlar cherkovida ishlagan[2]. Ota-onasining daldasi bilan Baines yoshligida pianino saboqlarini boshlagan va Lidsdagi Yorkshire musiqa kollejida saboq olgan[3]. 1913-yilda Baines oilaviy Klekxitonga koʻchib borishadi, va Baines Bredford Doimiy Orkestr Jamiyatining kontsertlarida qatnashib, asosiy orkestr repertuarini oʻraganadi. 1917-yilda esa Yorkga koʻchib ketishadi. 18 yoshida Baines professional musiqachi boʻlib yetishadi va oʻzining bir qator asl kompozitsiyalari jamlangan birinchi ommaviy pianino resitali beradi[2]. 1918-yilda Baines Birinchi jahon urushining soʻnggi oylarida Britaniya armiyasiga chaqiriladi. Chaqirilganidan keyin ikki hafta ichida Baines septik zaharlanish tufayli kasalxonaga yotqiziladi. Harbiy xizmatdan ruxsat etilgan vaqtida urush tugaydi, lekin uning allaqachon nozik boʻlgan sogʻligi tiklanmadi[4]. Bu orada uning kompozitsiyalari eʼtiborga tusha boshladi. 1920-yil mart oyida Xaddersfildlik doktor Artur Eaglfild Xull Britaniya musiqa jamiyati jurnalida Bainesni „daho“ deb atalgan maqola yozgan[5][6]. Pianinochi Frederik Dousonda (1868-1940) ham katta qiziqish uygʻotadi, va oʻz resitallarida Baines musiqalarini ijro etgan. Oʻlimidan bir necha oy oldin kontsertlarini davom ettirdi, yaʼni 1921-yil Yorkshirdan tashqaridagi yagona yirik konsertga, dirijyor ser Den Godfri taklifiga binoan Bornmutga tashrif buyurgan[7].

Ishlari tahrir

Will iam Baines yoshligiga qaramay, asosan pianino miniatyurasi janrida 150 ga yaqin asar yozgan. Uning koʻplab pianino asarlari tabiat olamidan ilhomlangan holda, koʻpincha tavsiflovchi nomlarga ega janrda boʻlgan. Bainesning qoʻllari katta edi, shu sababli Skryabin taʼsirida pianino qismlarini ijro etishi qiyinroq boʻlgan[8]. Uning eng mashhur kompozitsiyalari „Flamboroga xayrli tun“ va „Yolgʻiz halokat“ pianino portreti boʻlib, ular Yorkshir qirgʻogʻida joylashgan Flamborough Head nomi bilan atalgan Tides toʻplamini tashkil qiladi. 1919-yildagi "Yetti prelyudasi" eng yaxshi kompozitsiyalar qatoriga kirgan[9].

Tanlangan asarlar tahrir

Orkestr

  • Minor simfoniyasi (1917)
  • Fay oroli (1919)
  • "Qoʻgʻirchoqlar baletiga prelude" (1920)
  • Pianino va orkestr uchun sheʼr (1921)
  • Thoughtdrift (1921)[10]
Vokal
  • Besh qoʻshiq (1919)

Manbalar tahrir

  1. Celebrating Baines, Richard Bell, Wild Yorkshire, qaraldi: 21 January 2011
  2. 2,0 2,1 John France, William Baines, Musicweb International, 2002
  3. „Biography, William Baines website“. 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  4. John France, William Baines, Musicweb International, 2002
  5. 'Hats off, gentlemen, a genius!', British Musical Bulletin, March 1920
  6. „Biography, William Baines website“. 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  7. John France, William Baines, Musicweb International, 2002
  8. Andrew K G Jones. William Baines (1899-1922): a forgotten Yorkshire composer
  9. John France, William Baines, Musicweb International, 2002
  10. Thoughtdrift full score at Score Exchange