Xāne-takāni (forscha: خانه‌تکانی) — Eronda Naroʻz bayramining bir qismi sifatida uylarni tozalash anʼanasi[1].

Eronlik qiz uy hovlisida gilam yuvmoqda, Navro‘z, 2018-yil

Ushbu anʼana, odatda, gilam yuvish, uylarni boʻyash, hovli va chordoqlarni tozalash kabi uy ishlarini oʻz ichiga oladi. Bu tushuncha zardushtiylarning poklik va poklanish gʻoyasidan kelib chiqqan holda yovuzlikni yaxshilik saltanatidan uzoqlashtirish chorasi sifatida paydo boʻlgan.

Ramziy maʼnoda „Xāne-takānī“ anʼanasi ajdodlar ruhiga bagʻishlab amalga oshiriladigan amallardan biri boʻlib, bu qarindosh-urugʻlarning vafot etgan ajdodlarini mehmon qilishga tayyor ekanliklarini bildiradi.

Manbalar tahrir

  1. Schildkret, Day. Hello, Goodbye: 75 Rituals for Times of Loss, Celebration, and Change (en). Simon and Schuster, 2022-01-25 — 62 bet. ISBN 978-1-9821-7093-6.