Xorazm, "Xorazm" professional futbol klubi – Xorazm viloyati, Urganch shahrining futbol klubi. 1989-yilda tashkil etilgan.

FC Xorazm
Toʻliq nomi FK Xorazm Urganch
Asos solingan 1989 (35 yil avval) (1989)
Stadioni Xorazm stadioni
Urganch, Oʻzbekiston
Sigʻimi 25,000
Raisi Nurulla Hasanov
Direktori Bakhodir Hakimov
Bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov
Liga Oʻzbekiston Pro ligasi
Oʻrni 14th

Nomlari tahrir

  • 1989—1990-yillar – „Jayhun“
  • 1991—1992-yillar – „Quruvchi“
  • 1993—1996-yillar – „Dinamo“
  • 1997—2001-yillar – „Xorazm“
  • 2002-yil – „Jayhun“
  • 2003—2005-yillar – „Xorazm-2003“
  • 2006-yildan – „Xorazm“

Tarixi tahrir

SSSR chempionatlari tahrir

1989-yilda Urganchda SSSR chempionati Ikkinchi ligasida Xorazm viloyatining yana bir jamoasi – „Xonqa“ (Xonqa) jamoasining oʻrniga „Jayhun“ nomi ostida yangi futbol klubi tashkil etilgan.

Oleg Bugaev boshchiligidagi jamoa 1-turni omadsiz oʻtkazdi. Faqat tajribali mutaxassis Valeriy Vasilenkoning kelishi vaziyatni oʻzgartirib, „Jayhun“ni quyi ligaga tushib ketishdan saqlab qoldi (klub mavsumni 16-oʻrinda yakunladi)[1].

1990-yilda „Jayhun“ni yangi murabbiy Zohidulla Sanatulov boshqargan. Ammo klub omadsiz oʻynashda davom etdi va Sanatulov sentabr oyida Yuriy Gordeevga almashtirildi. U oxirgi turlarda 17-oʻrinni egallab, vaziyatni oʻnglashga muvaffaq boʻldi[2].

1991-yilda klub nomini „Quruvchi“ deb oʻzgartirdi. Jamoani mahalliy mutaxassis Allabergen Matniyazov boshqardi, biroq natijada mavsum muvaffaqiyatsiz yakunlandi – klub ligada soʻnggi oʻrinni egalladi[3].

Oʻzbekiston chempionatlari tahrir

1993—1996-yillar tahrir

1993-yilda klub „Dinamo“ deb oʻzgartirilib, Xorazm IIB tasarrufiga oʻtdi. Oʻsha mavsumda u Xorazm viloyati chempioni boʻldi va viloyat ligalari gʻoliblari oʻrtasidagi oʻtish turnirida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.

Oʻtish turniri natijasi boʻyicha Urganch klubi Birinchi ligaga chiqa olmadi. Lekin Oʻzbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati Xorazm jamoasiga yonbosib, uni quyi-elita divizioniga kiritdi.

Shu tariqa, „Dinamo“ Xorazm tarixida Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan birinchi klub boʻldi. 1994-yilda jamoani oʻtmishda taniqli murabbiy Valeriy Vasilenko boshqargan.

1994-yil 9-aprelda boʻlib oʻtgan ilk uchrashuvda „Dinamo“ jamoasi safarda Chirchiqning „Kimyogar“ jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etishga muvaffaq boʻldi.

„Dinamo“ning ilk uy uchrashuvi 23-aprel kuni „Olimpiya“ stadionida Yangiyoʻlning „Mebelchi“ jamoasiga qarshi oʻtkazildi. Bu oʻyin mezbonlar uchun unchalik omadli kechmadi. Uchrashuv davomida magʻlub boʻlgan urganchliklar soʻnggi soniyalarda toʻpni darvozaga yoʻlladi va ochkoni saqlab qolishga muvaffaq boʻldi – 1:1.

Uydagi ilk gʻalaba keyingi turda (26-aprelda) qoʻlga kiritildi. Jizzaxning „Yigiruvchi“ jamoasiga qarshi kechgan bahsda Viktor Lukyanovning yagona goli mezbonlarga minimal 1:0 hisobida gʻalaba keltirdi. Bu natija „Dinamo“ga 4-turdan keyin turnir jadvalida 5-oʻrinni egallash imkonini berdi.

Keyinchalik debyutantning taqdiri unchalik muvaffaqiyatli boʻlmadi. „Dinamo“ qolgan oʻyinlarni yetarli darajada yahshi oʻtkazmadi va 9 ochko jamgʻargan jamoa 1-turni oxiridan oldingi oʻrinda yakunladi.

Achinarli natijalar klub rahbariyatini tarkibni bir necha tajribali futbolchilarni taklif qilib kuchaytirishga majbur qildi. Ular orasida Vali Sultonov, Pavel Kaygorodov, Arsen Grigoryan, Vladimir Merejko va boshqalar bor edi.

Ammo vaqt boy berildi, jamoa oʻz oʻyinini topa olmadi va 1994-yilgi chempionatni oxirgidan oldingi 17-oʻrinda yakunladi. Klubning joriy mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari Vali Sultonov boʻldi va u 7 ta gol kiritdi.

Bu natijaga qaramay „Dinamo“ Birinchi ligani tark etmadi. Ishtirokchilar sonining kengayishi munosabati bilan, OʻFF mamlakatdagi ikkinchi muhim klub turnirida jamoani qoldirdi.

1995-yilda jamoaga Bahodir Mirzaev bosh murabbiy etib tayinlandi. Uning yordami bilan klub bir qancha tajribali futbolchilar (darvozabon Aleksandr Semyonov, himoyachilar Evgeniy Lushnikov va Ildus Sharipov, yarim himoyachi Edik Sattarov) bilan mustahkamlandi.

Shuningdek, bir qancha umidli yosh futbolchilar – Botir Mirzayev, Daniyar Musaev, Dmitriy Malin, Vladimir Baranov va Andrey Chedinovskixlar taklif etilgan. Jamoa asosida mahalliy futbolchilar – Vali Sultonov, Azimbay Nurmetov va Jahongir Sultonovlar ham bor edi.

Ishtirokchilar soni ortishi munosabati bilan Birinchi liga formati oʻzgartirildi. 26 ta jamoa hududiy prinsip boʻyicha 2 ta zonaga boʻlingan.

Har bir zonadan 8 ta eng yaxshi jamoa keyingi bosqichga yoʻl oldi va Oliy ligaga 2 tadan yoʻllanma oʻynadi. „Dinamo“ Gʻarbiy zonada oʻynashi kerak edi.

„Dinamo“ uchun mavsum omadsiz boshlandi. Mehmon jamoa 1-turda qoʻshni Qoraqalpogʻiston Respublikasining prinsipial raqibi – Nukusning „Orol“ jamoasiga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Keyingi turda esa oʻz maydonida „Tegirmonchi“ni katta qiyinchilik bilan magʻlub etib, uchrashuv yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida hal qiluvchi golni urdi – 2:1. Shundan soʻng urganchliklar yaxshi formaga kirib, ketma-ket 8 ta magʻlubiyatsiz oʻyin oʻtkazib, 6 ta gʻalabaga erishdi. Jumladan, keyingi bosqichga chiqish uchun asosiy raqobatchilar – „Zarafshon“ (2:1) va „Progress“ (4:2) ustidan gʻalaba qozongan.

Bu natijalar klubga yakkama-yakka Gʻarbiy zona turnir jadvalida peshqadamlik qilish imkonini berdi. Jamoa nafaqat turnirda yuqori oʻrinlar, balki Oʻzbekiston Oliy ligasiga chiqish uchun ham kurash olib borishga qodir ekani oydinlashdi.

Dinamo sekinlashmadi va dastlabki bosqichning qolgan qismini ishonch bilan oʻtkazib, 1-oʻrindan 1995-yilgi chempionatning final bosqichiga chiqdi. 5-oktabr kuni Birinchi liga jamoalari oʻrtasidagi hal qiluvchi tur oʻyinlariga start berildi. Klublar Oliy ligaga 2 ta yoʻllanma uchun kurashishi kerak edi. Ularga asosiy daʼvogar „Dinamo“ (Urganch), „Kushon“ (Kosonsoy), „Chilonzor“ (Toshkent) va „Zarafshon“ (Navoiy) klublari edi.

Urganchliklar yana turnirni unchalik ishonchsiz boshladilar, dastlabki ikki safar oʻyinida bor-yoʻgʻi 2 ochko jamgʻarib, „Madaniyat“ (1:1) va „Gʻazalkent“ (0:0) bilan durang oʻynadi.

Bu natijalar darhol jamoaning turnir jadvaliga taʼsir qildi va „Dinamo“ jamoasi 3-oʻringa tushib ketdi. Ammo keyingi turlar oʻyinlari hammasini oʻz oʻrniga qoʻydi.

Klub oʻyinlarni juda shay holatda oʻtkazdi va ketma-ket bir necha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, yana peshqadamlikni qoʻlga kiritdi. Asosiy raqiblar – Kosonsoyning „Kushon“ (2:0) va Toshkentning „Chilonzor“ (1:0) jamoalari ustidan qozonilgan gʻalaba hal qiluvchi boʻldi.

9-noyabr kuni esa oʻz maydonida „Gʻazalkent“ni 3:1 hisobida magʻlub etgan urganchlik futbolchilar muddatidan avval (mavsum yakuniga bir tur qolganda) Oʻzbekiston Oliy ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Klubning eng yaxshi toʻpurarlari sifatida hujumchilar Vali Sultonov (18 ta gol) va Botir Mirzaev (17), shuningdek, himoyachi Pavel Kaygorodov (11) qayd etildi.

1996-yilda „Dinamo“ (Urganch) birinchi marta Oliy ligada maydonga tushdi. Mavsum boshlangunga qadar jamoani yetakchi futbolchilar tark etishdi va bosh murabbiy Rahim Moʻminovga almashtirildi. Barqaror ravishda mablagʻ ajratilishiga qaramay, klub kadrlar bilan taʼminlanmagan, mavsumoldi yigʻin sust oʻtkazildi. Muvaffaqiyatsiz natijalar oʻzini uzoq kuttirmadi.

Chempionatning 1-turi toʻliq muvaffaqiyatsiz oʻtdi. „Dinamo“ jamoasi bor-yoʻgʻi 1 ta gʻalabaga erishdi va turnir jadvalida munosib soʻnggi oʻrinni egalladi. Natijada bosh murabbiy ishdan boʻshatildi va bu lavozimga Vladimir Desyatchikov taklif qilindi.

Urganchliklar 2-tur boshlanishidan oldin bir qancha tajribali futbolchilar – Burgandin Chobanov, Eduard Kudryashov, Sergey Kovshov, Yevgeniy Matveyev va Aleksey Kornichenkolar bilan kuchayishdi.

Yosh Dmitriy Malin bilan tandemda oʻynay boshlagan, oʻtgan mavsum toʻpurari Vali Sultonov ham klubga qaytdi. Jamoa oʻzgarib, yangicha oʻynadi.

Urganchliklar 2-turda 7 ta gʻalabaga erishdi. Ammo, 1996-yilgi mavsum yakunida „Dinamo“ jamoasini 15-oʻrindan qutqarib qolgan 1 ochko ajratib qoldi. Dmitriy Malin 8 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Ammo chempionatda ishtirokchilar soni ortgani bois Oʻzbekiston futbol federatsiyasi qarori bilan Xorazm klubi Oliy ligadagi oʻrnini saqlab qoldi[4].

Mahalliy musboqalardagi statistikasi tahrir

SSSR chempionatlari tahrir

Mavsum Liga Nomi Oʻyin Gʻal. Dur. Magʻ. UT OʻT Ochko Oʻrni (ishtirokchilar soni) Eng yaxshi toʻpurarlar (gollar)
1989 Ikkinchi liga 7-zona Jayhun 40 15 7 18 42 59 37 16 (21)   Konstantin Novikov (10)
1990 Ikkinchi kichik liga 9-zona Jayhun 38 12 6 20 34 65 30 17 (20)   Vladimir Bogdanavichus (7)
1991 Ikkinchi kichik liga 9-zona Quruvchi 50 7 8 35 36 131 22 26 (26)   Nikolay Korenev(6)

Oʻzbekiston chempionatlari tahrir

Mavsum Liga Oʻzbekiston Kubogi Eng yaxshi toʻpurarlar Murabbiy
Div. Pos. D M UG OʻG O Ism Liga
1994 Birinchi liga 17 34 8 6 20 27 64 22 17 (18)   Vali Sultonov 7   Valeriy Vasilenko (iyungacha)
  Vladimir Desyatchikov (iyundan)
1995 Birinchi liga 1 36 25 6 5 78 34 81 Dastlabki guruh bosqichi   Vali Sultonov 18   Botir Mirzayev
1996 Oliy liga 15 30 8 3 19 36 67 27 1/8 final   Dmitriy Malin 8   Rahim Moʻminov (iyungacha)
  Vladimir Desyatchikov (iyundan)
1997 Oliy liga 10 34 13 3 18 58 77 42 1/16 final   Hamza Jabborov 20   Vladimir Desyatchikov (sentabrgacha)
  Islom Ahmedov (sentabrdan)
1998 Oliy liga 12 30 10 6 14 39 55 36 1/16 final   Hamza Jabborov 10   Islom Ahmedov
1999 Oliy liga 7 30 12 5 13 39 40 41 1/16 final   Vladimir Baranov 10   Ruzmet Kuryazov
2000 Oliy liga 19 38 8 6 24 37 67 30 1/16 final   Vali Sultonov 10   Ruzmet Kuryazov (sentabrgacha)
  Olimjon Rahmonov (sentabrdan)
2001 Birinchi liga 7 32 13 7 12 57 53 46 1/8 final   Vali Sultonov 11   Olimjon Raxmonov
2002 Birinchi liga 7 32 15 9 8 47 36 54 1/8 final   Jasur Allanazarov 9   Botir Mirzaev
2003 Birinchi liga 6 28 13 3 12 40 45 42 Dastlabki guruh bosqichi   Odilbek Atajanov 9  
2004 Birinchi liga 6 40 16 5 19 61 76 53 1/16 final   Vali Sultonov 12   Ulugʻbek Saparov
2005 Birinchi liga 2 34 27 2 5 93 32 83 Dastlabki guruh bosqichi   Mansur Abdullayev 23   Kuat Tureev
2006 Oliy liga 16 30 0 3 27 21 127 3 Ikkinchi bosqich   Sarvar Ibodullayev 9   Kuat Tureev (iyulgacha)
  Oleg Tyulkin (iyuldan beri)
2007 Birinchi liga 12 38 16 5 17 32 59 53 Ikkinchi bosqich   Roʻzimbay Ahmedov 15
2008 Birinchi liga 1 34 24 5 5 70 25 77 Birinchi bosqich   Roʻzimbay Ahmedov 22   Vali Sultonov
2009[5][6] Oliy liga 10 30 9 11 10 30 39 38 Chorak final   Roʻzimbay Ahmedov
  Vladimir Baranov
5   Vali Sultonov
2010 Oliy liga 14 26 2 7 17 21 46 13 Ikkinchi bosqich   Zafar Polvonov 9   Vali Sultonov (avgustgacha)
  Bahrom Hakimov (avgust)
  Vali Sultonov (avgustdan)
2011 Birinchi liga 5 36 20 9 7 69 29 69 1/16 final   Vladimir Gavrilov 24   Vali Sultonov
2012 Birinchi liga 7 38 18 8 12 52 39 62 1/16 final   Marks Quranboyev 9
2013 Birinchi liga 6 38 19 6 13 57 42 63 Birinchi bosqich   Murod Bobojonov 19   Adambay Qurbonniyazov (martgacha)
  Azamat Nurmetov (martdan)
2014[7] Birinchi liga 11 38 15 8 15 52 56 53 Ikkinchi bosqich   Nizom Norov 13   Mansur Davletov (avgustgacha)
  Vali Sultonov (avgustdan)
2015[8] Birinchi liga 7 34 19 4 11 49 41 42 Birinchi bosqich   Timur Bekchanov 9   Vali Sultonov[9]
2016 Birinchi liga 7 32 12 6 14 56 50 42 Birinchi bosqich   Umid Tojimov[10]   Umid Tojimov[10]
2017 Birinchi liga 9 34 13 8 13 52 52 47 Ikkinchi bosqich   Sardor Matmuratov 12   Aleksandr Yejov
2018 Pro-liga 7 32 9 6 17 51 70 33 1/16 final   Temur Ismoilov 11   Aleksandr Yejov
2019 Pro-liga 6 28 14 5 9 58 37 47 1/16 final   Timur Bekchanov 12   Aleksandr Yejov
2020 Pro-liga 7 20 6 3 11 23 32 21 Birinchi bosqich   Sardor Matmuratov,

  Sarvar Jumaniyozov

5   Gʻayrat Shixov (sentabrgacha)
  Aleksandr Yejov (sentabrdan)
2021[11] Pro-liga 5 20 7 7 6 32 29 28 Guruh bosqichi   Roʻzimbay Ahmedov,

  Timur Bekchanov

7   Aleksandr Yejov
2022 Pro-liga 4 26 10 5 11 42 40 35 Guruh bosqichi   Marsiano Roki 15   Ruslan Ahmedov
2023 Pro-liga 7 20 5 7 8 16 19 22 Chorak final   Nevil Mbanuey Tengeg 4  

Oʻzbekiston kubogi tahrir

Mavsum Oʻyin Gʻal. Dur. Magʻ. UT OʻT Bosqich
1995 4 2 0 2 8 10 1/16 final
1996 4 1 1 2 5 7 Dastlabki guruh bosqichi
1997 6 3 1 2 9 11 1/8 final
1998 1 0 0 1 1 2 1/16 final
1999/2000 1 0 0 1 1 2 1/16 final
2000/2001 3 1 0 2 7 9 1/8 final
2001/2002 3 1 0 3 6 11 1/8 final
2002/2003 3 1 0 2 11 7 Dastlabki guruh bosqichi
2004 1 0 0 1 0 2 1/16 final
2005 2 0 1 1 0 3 Dastlabki guruh bosqichi
2006 1 0 0 1 2 5 Dastlabki 2-bosqich
2007 1 0 0 1 0 6 Dastlabki 2-bosqich
2008 1 0 0 1 0 2 Dastlabki 1-bosqich
2009 3 2 0 1 5 5 1/4 final
2010 1 0 0 1 0 1 Dastlabki 2-bosqich
2011 1 0 0 1 0 2 1/16 final
2012 1 0 0 1 1 3 1/16 final
2013 1 0 0 1 - + Dastlabki 1-bosqich
2014 2 1 0 1 4 6 Dastlabki 2-bosqich
2015 1 0 0 1 0 3 Dastlabki 1-bosqich
2016 0 0 0 0 0 0 Dastlabki 1-bosqich

Yutuqlari tahrir

Joriy tarkibi tahrir

2024-yil 15-mart holatiga[12].

Amplua Futbolchi
1   UZB DR Hojiakbar Jo‘rayev
2   UZB HM Avazxon Mamatxo‘jayev
3   UZB HM Ravshanbek Sultonov
4   UZB HM Jasurbek Otajonov
5   UZB HM Xojiakbar Yunusov
6   UZB YH Sherzod G‘ulomjonov
7   UZB HJ Temurbek Ismoilov
8   UZB YH Jamshid Zaripboyev
9   UZB YH Oybek Nurmatov
10   UZB YH Sardar Telyakov
11   UZB HJ Mo‘minjon Meliyev
12   UZB DR Mashhurjon Muhammadjonov
14   UZB YH Azizbek Rahimberganov
15   UZB HM Anvarbek Ro‘zimov
16   UZB YH Bobur Qosimov
Amplua Futbolchi
17   UZB HJ Bunyodbek Matrasulov
18   UZB YH Amirbek Komilov
19   UZB HM Ulug‘bek Sharipov
20   MLI HJ Issa Diamoutene
21   UZB YH Abdujalil Manazarov
22   UZB YH Boburmirzo Bahodirov
25   UZB HM Sheroz Jalolov
28   UZB YH Jamshidbek Boyjonov
35   UZB DR Mirzabek Nuraddinov
44   UZB HM Mirjalol Sultanov
62   UZB DR Nursulton Aminov
77   UZB HJ Boburbek Farhodov
80   UZB HM Farruhjon Ibrohimov
88   UZB HM Abror Xo‘sinov

U21 tahrir

U19 tahrir

Jamoa xodimlari tahrir

Joriy texnik hodimlar tahrir

Lavozimi Ism
Bosh murabbiy   Ruslan Ahmedov[13]
Yordamchi murabbiy   Mansurbek Davletov
Bosh skaut   Ma'murjon Abdullayev
Zaxira jamoasi bosh murabbiyi  
Zaxira jamoasi murabbiy yordamchisi  
Shifokor  
Massajchi  

Bosh murabbiylar tahrir

Ism Yillar
  Valeriy Vasilenko 1987—1988
  Oleg Bugayev 1989
  Valeriy Vasilenko 1989
  Zohidulla Sanatulov 1990
  Valeriy Gordeyev 1990
  Ruzmet Kuryazov 1991
  Bahodir Mirzayev 1995
  Rahimjon Moʻminov 1996
  Vladimir Desyatchikov 1996—1997
  Islom Ahmedov 1997—1998
  Botir Mirzayev 2002
  Ruzmet Kuryazov 2003
  Vali Sultonov 2008—2010
  Adembay Qurbaniyazov 2012—2013
  Mansur Davlatov 2014

Mashhur futbolchilari tahrir

Manbalar tahrir

  1. „СССР. Сезон — 1989. Вторая лига. 7 зона.“. klisf.info.
  2. „СССР. Сезон — 1990. Вторая лига. 9 зона.“. klisf.info.
  3. „СССР. Сезон — 1991. Вторая лига. 9 зона.“. klisf.info.
  4. „АРХИВ. 2009 йилги "Хоразм" - "Бунёдкор" учрашуви, Рўзимбой Аҳмедовдан гол ва стадионда 21 мингдан зиёд томошабин“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  5. „"Ретро сурат". "Хоразм-2009"“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  6. „АРХИВ. 2009 йилги "Хоразм" - "Бунёдкор" учрашуви, Рўзимбой Аҳмедовдан гол ва стадионда 21 мингдан зиёд томошабин“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  7. „Биринчи лига. Олий лига учун жиддий курашмаётган “Хоразм” ҳақида“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  8. „Биринчи лига. Иккинчи босқич якунлари. “Хоразм” ҳақида“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  9. „Вали Султонов “Хоразм” бош мураббийи этиб тайинланди“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  10. 10,0 10,1 „Умид Тожимов “Хоразм”да иш бошлади“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  11. „Про лига бошланмоқда: Танишинг, "Хоразм" - 2021“. 2023-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-may.
  12. Xorazm jamoasi tarkibi
  13. „O'YINOLDI QAYDNOMA“.

Havolalar tahrir