Xushufagʻon (arabcha: خشوفغن)

Xushufagʻon — Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoning qadimiy Soʻgʻd viloyatiga qarashli Ishtixon va Kushoniya oʻrtasida joylashgan yirik bir qishloqning nomi. Hozirgi kunda bu qishloqning aniq oʻrni qaerda ekanligi nomaʼlum[1].

„Xushufagʻon“ soʻzi soʻgʻdcha „xshu“ — „olti“, „fagʻan“ — „ibodatxona“, yaʼni „Olti ibodatxona“ maʼnosini bildiradi. Bu qishloq XII asrgacha Xushufagʻon, XIII asrgacha arabcha „Roʻs al-qontara“ („Koʻprik boshi“), XIII asrdan XVI asrgacha esa forscha „Saripul“ („Koʻprik boshi“) deb atalgan[2].

Manbalar tahrir

  1. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 47.
  2. Смирнова О.И. Cтраны и народы востока. – Москва, 1971. 92, 93.