Xuzayfo jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Masjid
Xuzayfo jome masjidi
Xuzayfo
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Yangiyoʻl
Manzil Shoʻralisoy qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan M. Mirzaboboyev mahalla fuqarolar yigʻini 49-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Ulugʻbek domla Bobojonov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi va faoliyati

tahrir

Xuzayfo jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Shoʻralisoy qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan M. Mirzaboboyev mahalla fuqarolar yigʻini 49-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjid Yangiyoʻl tumanidagi kichik masjidlardan biri boʻlib, Ushbu jome masjidgaga Shoʻralisoy qishloq fuqarolar yigʻini, M. Mirzaboboyev mahalla fuqarolar yigʻini, Mirzo Ulugʻbek mahalla fuqarolar yigʻini, Samarqand mahalla fuqarolar yigʻini, Ilichevsk mahalla fuqarolar yigʻini, Islohot mahalla fuqarolar yigʻini, Sutboʻlak mahalla fuqarolar yigʻini, Birlik mahalla fuqarolar yigʻini, Xoʻjayli mahalla fuqarolar yigʻini, Birdamlik mahalla fuqarolar yigʻini, Islom nuri mahalla fuqarolar yigʻini, Zafar mahalla fuqarolar yigʻini, Chorvador mahalla fuqarolar yigʻini, Ixlohot mahalla fuqarolar yigʻini, Paxta mahalla fuqarolar yigʻini, Bogʻbon mahalla fuqarolar yigʻini, T. Joʻrabek mahalla fuqarolar yigʻini, Ramadon mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Ulugʻbek domla Bobojonov hisoblanadi.

Tarixi

tahrir

Xuzayfo jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2001-yil 4-may kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Jome masjid bir necha yillar muqaddam qayta barpo etilgan. Masjid binosida honaqoh, zamonaviy tahoratxona, imom-xati xonasi, fuqarolar qabulxonasi joy olgan.

Manbalar

tahrir
  1. „ХУЗАЙФО ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.