Yalangʻoch toʻra ziyoratgohi — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Andijon viloyatining Andijon shahrida joylashgan. Ularning avlodlari ota tomonidan Xazrati Bahouddin Naqshband ona tomonidan Imomi Xusayniy shajarasiga mansub Xidoyatullo Ofoq xoʻja nasablariga borib qadaladi.

Yalangʻoch toʻra ziyoratgohi
Joylashuv Andijon viloyati Qalandarxona MFY[1].
Binokor XIX asr
Turi Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti
Xarita

Tarixi tahrir

Mazkur ziyoratgohga xalq o‘rtasida „Yalang‘och to‘ra“ yoki „Shapaloq to‘ram“ nomi bilan mashxur bo‘lgan Mozolxon Qoraxon to‘ra o‘g‘li (1881 — 1954) dafn etilgan. Ul zot ust-bosh kiymay, doimo yalang‘och, yalangbosh (faqat oq ishton) bilan yurgan[2]. XX-asrning 40-yillari oxirida mahalliy hokimyat uni qamoqqa olib, Andijon turmasiga tashlanadi. Ammo u yotgan xonaning qulflari ochilib ketaveradi. Shundan soʻng uni Toshkent turmasiga joʻnatishadi. U yerda ham shu holat boʻlaverganidan uni qoʻyib yuborishadi. Yalangʻoch toʻra nomi bila tanilgan yana bir zot XX-asrda Qoʻqon shahrida yashagan oʻtgan. Yalongʻoch otaning otalari Zuhriddin eshon binni, Muhyiddin eshon binni Nuriddin eshon boʻlgan. Nasablari Sulton Orifin xoʻja Ahmad Yassaviyga borib taqaladi. Otalari katta bir qalandarlar sulolasinig shayxidan boʻlgan. Zuhriddin eshon savodini otasi va otasi ochgan maktabda chiqargan. Keyin Xoʻjandi latifini jome madrasasi va Buxoroi sharifining Mir Arab madrasasida davom ettirgan. Xoʻjandga qaytgandan soʻng ota-onasi roziligi uchun uylanadi. Otasining vafotidan soʻng meros qolgan yer-mulklarini xotinining mahriga va qolgan qismini masjid va madrasalarga vafq qilib beradi.

Andijon viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida)[3].

Manbalar tahrir