YALANGʻOCH OTA — turkiy xalqlarda qadimda shamol homiysi. XX asrning boshida etnograf A.Divaev keltirgan maʼlumotlarga ko‘ra, qozoqlarda shamol chaqirish marosimida ijro etiladigan qo‘shiq namunasida shamol homiysi sifatida Yalongʻoch otaga murojaat etilgan. Yalongʻoch ota nomi Toshkent atroflari hamda Janubiy Qozog‘istonda yashovchi o‘zbeklar o‘rtasida keng tarqalgan. Uning shaxsiyati bilan bog‘liq mikrotoponimlar ham mavjud. Masalan, hozirgi Toshkent shahar 2-Shimoliy-Sharqiy massivining nomi ilgari Yalang‘och ota deb yuritilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • ISLOM ENSIKLOPEDIYASI „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“

Davlat ilmiy nashriyoti, 2004