Yangi Oʻzbekiston universiteti

Yangi Oʻzbekiston universitetiOʻzbekistonning Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi oliy taʼlim muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 23-iyundagi qarori bilan tashkil etilgan[1]. Universitet tashkil etilishi haqida 2021-yil 21-may kuni Toshkentda oʻtkazilgan „Besh tashabbus harakati“ tadbirida maʼlum qilingan[2]. Universitet 8000 talabaga moʻljallangan[3]. Universitetga birinchi yil kirish imtihonlari 2021-yilning sentabr oyida oʻtkazildi va oʻqish oktabr oyidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti binosida boshlandi[4].

"Yangi Oʻzbekiston" universiteti
(NewUU)

Yangi Oʻzbekiston universiteti binosi
Xalqaro nomi inglizcha: New Uzbekistan University
Asos solingan 2021-yil
Oʻquv yurti turi Davlat Universiteti
Prezident Wolfgang A. Herrmann
Rektori Umarova Hilola O‘ktamovna
Manzili 100007 Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko'chasi 54
Vebsayti newuu.uz

Koordinatalari: 41°19′28.3″N 69°19′18.5″E / 41.324528°N 69.321806°E / 41.324528; 69.321806 G O

Birinchi imtihon tahrir

Yangi Oʻzbekiston universitetiga birinchi imtihon 2021-yilning 6-sentabri kuni Toshkentda, „Bunyodkor“ stadioni tashqi maydonida boʻlib oʻtdi. Imtihonning 1-saralash bosqichida qatnashish uchun 6000 dan ortiq talabgor qatnashdi, 1-bosqichdan 1213 kishi muvaffaqqiyatli oʻtib test jarayonlarida qatnashdi. Imtihon uch soat davom etdi, har bir fan uchun 90 daqiqa vaqt belgilandi. Testlar ingliz tilida boʻlib oʻtdi[5].

Dasturlar tahrir

NewUU Germaniyadagi Myunxen Texnika universiteti professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etilgan to'rtta akademik maktab orqali ingliz tilida o'qitishni ta'minlaydi.[6]

"Pre-university" tayyorlov kurslari

Bakalavr dasturlari

Raqamli texnologiyalar maktabi

  • Dasturiy ta'minot muhandisligi
  • Sun'iy intellekt va robototexnika
  • Kiberxavfsizlik

Muhandislik maktabi

  • Mexanika muhandisligi
  • Kimyo va materialshunoslik muhandisligi

Gumanitar, tabiiy va ijtimoiy fanlar maktabi

  • Amaliy matematika
  • Iqtisodiyot va ma'lumotlar fanlari
  • Oʻrta taʼlim (matematika va informatika)

Boshqaruv maktabi

  • Sanoat boshqaruvi


Magistratura va doktorantura dasturlari MSc.

Sanoat boshqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantirish

Manbalar tahrir