Yelena Aleksandrovna Polevitskaya (3-iyun (15-iyun) 1881-yil, Toshkent – 1973-yil 4-noyabr, Moskva) – rus va sovet teatr va kino aktrisasi, teatr oʻqituvchisi[1].

Yelena Polevitskaya
.
Tugʻilgan sanasi 15-iyun 1881-yil
Tugʻilgan joyi Toshkent
Vafot sanasi 4-noyabr 1973-yil
Vafot joyi Rossiya imperiyasi
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi aktrisa
Faoliyat yillari 19081960

Biografiyasi tahrir

Oʻqish yillari tahrir

Yelena Aleksandrovna Toshkent shahrida Davlat bankining Toshkentdagi vakolatxonasi menejeri Aleksandr Pavlovich Polevitskiy oilasida tavallud topgan. 1888-yilda Polevitskiylar oilasi Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtdi. 1893-yilda Sankt-Peterburgdagi Aleksandr institutiga oʻqishga qabul qilindi. Oʻquv rejasiga umumiy taʼlim fanlari, fransuz va nemis tillari, qoʻshiq aytish, raqsga tushish, rasm chizish va teatrlarga tashrif buyurish kiradi. Yelena institutda 5 yillik oʻqishni tugatgandan soʻng, ikki yillik pedagogika kurslariga oʻqish uchun qoldi va 1900-yil may oyini kumush medal va oʻqituvchi boʻlib ishlash huquqini beruvchi diplom bilan tugatdi. Z. P. Ivanova-Ivanitskayadan qoʻshiqchilik saboqlarini oldi[2].

Karyerasi tahrir

Yelena Rapgof kurslarini erta tugatdi, chunki otasining oʻlimidan soʻng 1908-yil yanvardan boshlab mustaqil ravishda tirikchilik qilishga majbur boʻldi. Polevitskaya 1908-yil mart oyida sertifikat oldi va Pskov teatriga ishga joylashdi. Keyinchalik Helsinkidagi Aleksandr teatrida, Pavlovsk va Qozon teatrlarida faoliyat olib borgan. 1909–1910-yillarda Sankt-Peterburgda Novo-dramatik teatrda A. A. Sanin rahbarligida rol oʻynagan. Pochtamskayadagi A. P. Petrovskiy nomidagi sahna sanʼati maktabida dars bergan[3].

Yelena 1910-yil oktyabr oyida advokat, teatr homiysiga turmushga chiqdi. U oʻzini teatr spektakllarining rejissyori sifatida ham sinab koʻrdi[4]. Shmit va Yelenaning shaxsiy va ijodiy hayoti 1939-yilda Shmit vafotigacha davom etdi[5].

Polevitskaya hayotining soʻnggi yilini A. A. Yablochkina nomidagi Moskva sahna faxriylari uyida oʻtkazdi va1973-yil 4-noyabrda vafot etdi. U Moskvada Vvedenskoye qabristoniga dafn etilgan[6].

Manbalar tahrir

  1. Путинцева Т. А.. Елена Полевицкая, 25000 экз, Москва: «Искусство», 1980. 
  2. Ivanova-Ivanitskaya Zoya Pavlovna (1862 – 1915) – kamernaya pevitsa, prepodavala na muzikalnix kursax I. A. Glyassera
  3. „(журнал)|Jar-Ptitsa]“. 2016-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral. Саша Чёрный. Е. А. Полевицкой // Жар-Птица. — Берлин, 1921. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр.
  4. I. F. Shmit uchilsya v kievskoy gimnazii vmeste s A. P. Petrovskim, takje uvlekalsya teatrom, no obrazovanie poluchil na yuridicheskom fakultete Moskovskogo universiteta. V Moskve i zatem v Peterburge sdelal sostoyanie advokatskoy praktikoy. Postepenno pereshyol k teatralnoy i rejissyorskoy deyatelnosti, organizator blagotvoritelnix spektakley s uchastiem solistov Mariinskogo teatra. Poznakomilsya s Polevitskoy v period eyo uchyobi v shkole Rapgofa, gde prepodaval professionalnoe masterstvo (Путинцева Т. А.. Елена Полевицкая. Москва: «Искусство», 1980 — 39-40 bet. )
  5. Синельников Н. Н.. Шестьдесят лет на сцене (1874—1934). Записки, 5200 экз, Харьков: Харьковский государственный театр русской драмы, 1935. 
  6. „Могила Елены Полевицкой“. 2023-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.