Yevgeniya Alekseyevna Maleina (1-dekabr 1903-yil, Toshkent – 1984-yil, Moskva) sovet rassomi. RSFSRda xizmat koʻrsatgan rassom (1970)[1].

Yevgeniya Maleina
Tavalludi 1-dekabr 1903-yil
Toshkent, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1984-yil
Moskva
Millati Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR

Tarjimai holi tahrir

Yevgeniya Alekseyevna 1-dekabr 1903-yil, Toshkentda tavallud topgan. Otasi Aleksey Ivanovich malein, onasi Nadejda Gavrilovna. 1919-yilda Toshkent rassomlik maktabini tamomlagan.

Yevgeniya 1921-yilda Moskvaga koʻchib oʻtib, rabfakka oʻqishga kirgan. 1924-yildan 1930-yilgacha Moskvada rassomlik fakultetida R. R. Falk, A. D. Drevin, D. P. Shterenberg, K. N. Istominning qoʻl ostida tahsil olgan[2]. 1929-yildan koʻrgazmalarda ishtirok etgan. 1929-yildan „ROST“ jamiyati va 1932-yildan Moskva rassomlar uyushmasi aʼzosi boʻlgan.

Maleina sinfdoshi, rassom Semyon Chuykov bilan turmush qurgan. Ularning ikki nafar oʻgʻil farzandi bor[3].

Rassom Moskvada yashagan va har yili Qirgʻiziston va Oʻzbekistonga ishlash uchun borgan. Natyurmortlar, landshaftlar, portretlar, mavzuga oid kompozitsiyalar yaratgan.

Yevgeniya sovet sanʼatining xorijdagi koʻrgazmalarida, shu jumladan: Amsterdam (1929), Riga, Vintertur (ikkalasi ham 1929), Vena, Berlin (ikkalasi ham 1930), Kenigsberg (1932), Tokio (1933), London, Shotlandiya (1934), Sofiya, Plovdiv, Buxarest (1956) va Angliya shaharlarida „Grafika i knijnoye iskusstva v SSSR“ rus sanʼati koʻrgazmalarida ishtirok etgan[4][5][6][4][7].

Maleina 1960-yillarning oʻrtalaridan boshlab keramika bilan dekorativ plastinkalar, vazalar, idishlar, tovoqlar, koʻzalar yaratgan. 1969-yilda Abramsevodagi rassomlar posyolkasiga tashrif buyurgan[8].

Shaxsiy koʻrgazmalari tahrir

Rassom Maleina 1940-yil va 1972-yil Moskvada[9][10][11] hamda 1976-yil Frunzeda[12] oʻz shaxsiy koʻrgazmasini oʻtkazgan.

Oilasi tahrir

Yevgeniya sovet rassomi Semyon Afanasevich Chuykov bilan oila qurgan[3].

Katta oʻgʻli Ivan Chuykov (1935–2022), uning rafiqasi Galina Malik va farzandi Yevgeniya Chuykova-Mayevskaya ham rassom boʻlishgan.

Kenja oʻgʻli Vasiliy Chuykov (1940) – rassom.

Manbalar tahrir

  1. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta RSFSR ot 13 noyabrya 1970.
  2. Abramova A. V. Yevgeniya Alekseevna Maleina. L., 1984.
  3. 3,0 3,1 Vistavka „ChU-MA. Semya xudojnikov“ // Kultura. RF.
  4. 4,0 4,1 Maleina Yevgeniya Alekseevna // ARTinvestment. RU
  5. Roytenberg O. O. Neujeli kto-to vspomnil, chto mi bili… : Iz istorii xudojestvennoy jizni : 1925-1935 : [Kniga-albom] / Sost.: T. I. Kononenko, I. A. Nikiforova, V. N. Shalabaeva. – M. : Galart; tip. „Novosti“, 2004, S. 502—503.
  6. Vistavki sovetskogo izobrazitelnogo iskusstva. Spravochnik : [V 5 tomax]: T. 1 : 1917-1932 gg. / nauch, red.: Galushkina A. S., Korovkevich S. V., Smirnov I. A. – M. : Sovetskiy xudojnik, [1965].
  7. Vistavki sovetskogo izobrazitelnogo iskusstva : Spravochnik : [V 5 T. Rostovseva I. T., Savelova Ye. V. – M. : Sovetskiy xudojnik, 1981.
  8. Vistavka Ye. A. Maleinoy „Solnseveyuщaya“ // museum.ru. 2015.
  9. Ye. A. Maleina [Tekst] : katalog vistavki / Moskovskiy soyuz sovetskix xudojnikov; [red. G. Bandalin]. – Moskva : Fabrika detskoy kn. izd-va TsK VLKSM, 1940.
  10. Yevgeniya Alekseevna Maleina. Lvova Ye. P. „Sovetskiy xudojnik“. Moskva, 1963.
  11. Zaslujenniy xudojnik RSFSR Yevgeniya Alekseevna Maleina [Tekst] : katalog / Soyuz xudojnikov SSSR, Moskovskaya org. Soyuza xudojnikov RSFSR ; [red. T. Klyueva]. – Moskva : Sovetskiy xudojnik, 1972.
  12. „Каталог_Малеина Е_1976.pdf“. Google Docs. Qaraldi: 2023-yil 13-noyabr.