„Yozyovon“Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani ma’muriy markazi hisoblangan Yozyovon shahar qishlogʻi futbol klubi.

Yozyovon
Toʻliq nomi „Yozyovon“ futbol klubi
Laqabi Yozyovonliklar, Lochinlar
Asos solingan 2012-yili
Stadion Markaziy
Stadion hajmi 2 000
Murabbiyi Oʻzbekiston Salimjon Zokirov
Musobaqasi Oʻzbekiston B Pro ligasi
2018 5
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi

Tarixi tahrir

2012-yilda „Yozyovonchi“ nomi bilan tashkil etilgan, 2014-yildan 2017-yil oxirigacha „Yozyovon Lochinlari“deb nomlangan. 2015-yildan buyon Oʻzbekiston chempionati Birinchi ligasida oʻz oʻyinlarini boshlagan. 2015-yilda “Yoziyovan Lochinlari” “Nasaf-2”ga qarshi oʻyinda maydonga tushmadi. Shu munosabat bilan “Yozyovon-Lochinlari” PFK intizomiy jazoga tortildi. “Yozyovon-Lochinlari” PFK Oʻzbekiston chempionati 2-bosqich 9-turidan oʻrin olgan “Nasaf-2”ga qarshi oʻyinda texnik magʻlubiyat (-:+), “Nasaf-2” PFKga tegishli ravishda texnik gʻalaba (+ :-) berildi.) va turnir jadvalida uch ochko qoʻshib oldi. Bundan tashqari, “Yozyovon-Lochinlari” PFK ham jarimaga tortildi.

Ketma-ket 4 ta mavsum (2015—2018) mamlakat futbol divizioni darajasi va ahamiyati boʻyicha 2-oʻrinda boʻlgan — Birinchi/Pro-ligada oʻynagan. 2018-yilda Oʻzbekiston B Pro-ligasida 9 nafar ishtirokchi orasida 5-oʻrinni egallagan.

Yutuqlari tahrir

1  Oʻzbekiston Ikkinchi ligasi final bosqichi guruh gʻolibi (2014).

1  Fargʻona viloyati chempionati gʻolibi (2013).

Chiqishlari statistikasi tahrir

Mavsum Liga Oʻrin Kubok
2012 Oʻzbekiston ikkinchi ligasi
6 (A guruhi)
ishtirok etmadi
2013 Fargʻona viloyati chempionati
1
ishtirok etmadi
2014 Oʻzbekiston ikkinchi ligasi
1 (A guruhi)
ishtirok etmadi
2015 Oʻzbekiston Birinchi ligasi
8 (final)
1/32 final
2016 Oʻzbekiston Birinchi ligasi
10
1/16 final
2017 Oʻzbekiston Birinchi ligasi
12
1/8 final
2018 Oʻzbekiston B Pro ligasi
5
1/16 final

Bosh murabbiylar tahrir

Yillar Bosh murabbiy
2012—2014   Salimjon Zokirov
2014   Asad Doʻrmonov
2015   Abdusamad Doʻrmonov
2015   Islombek Ismoilov
2016   Robert Gay
2016   Islombek Ismoilov
2016—h.v.   Salimjon Zokirov

Havolalar tahrir