Yusufboy Rahmonov – 1941-yil 16-yanvarda Xorazm viloyati Xazorasp tumanida tugʻilgan. Xorazm viloyati prokurori va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari boʻlib 30 yildan ziyod ishlagan. 1998-yil 8-dekabrda vafot etgan.[1]

Yusufboy Rahmonov
Xorazm viloyati prokurori
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Xazorasp tumani, Xorazm viloyati

Oʻqish davri tahrir

Xiva qishloq xoʻjalik texnikumida hisobchi-hosilot boʻlimini tugatganidan soʻng, Xazorasp tumanidagi „Oʻzbekiston“ jamoa xoʻjaligida ishlaydi. 1962-1964 yillarda Moskvada harbiy xizmat safarini oʻtab keladi. Harbiy xizmatdan keyin Toshkent davlat universitetining huquqshunoslik fakultetida tahsil oladi. Hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti.[2]

Ish faoliyati tahrir

Oʻqishni tugatgach Yusuf Rahmanov Urganch shahar va viloyat prokuraturasida tergovchi, boʻlim boshligʻi, Xazorasp tuman prokurori, viloyat prokurorining oʻrinbosari, vilotay prokurori, oʻzbekiston respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Unvoni tahrir

Yusufboy Rahmonov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist“ unvoniga sazovor boʻlgan.[3]

Manbalar tahrir

  1. Xorazm va Xorazmliklar. Oltinchi kitob Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023
  2. Xorazm va Xorazmliklar. Oltinchi kitob Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023
  3. Xorazm va Xorazmliklar. Oltinchi kitob Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023