Zargarlik koʻchasi — Chilonzor tumani hududida. Uzunligi 3,3 km atrofida. Kichik halqa yoʻli va Katta Qaʼni koʻchalari oraligʻida joylashgan. 1972-yil tashkil topgan. Dastlab belorus yozuvchisi Yanka Kupala nomi berilgan. 1997-yil 18-dekabrdan Zargarlik nomi bilan yuritiladi. Katta Xirmontepa, 2-Qatortol, Shirin koʻchalari chorrahasini kesib oʻtadi[1].

Zargarlik koʻchasi
Umumiy maʻlumotlar
Mamlakat Oʻzbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Uzunligi 3.3 km
Avvalgi nomlari Yanka Kupala koʻchasi
Koʻchada joylashgan binolar Chilonzor 11-, 16-, 20-, 26-turar joy mavzelari
"Zargarlik buyumlari" korxonasi
„Vimm-Bill-Dann Toshkent“ xorijiy kompaniyasi
Respublika koʻrgazma savdo markazi

Yoʻnalishida Chilonzor 11-, 16-, 20-, 26-turar joy mavzelari, "Zargarlik buyumlari" korxonasi, sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan „Vimm-Bill-Dann Toshkent“ xorijiy kompaniyasi, Xayrobod eshon maqbarasi, oilaviy poliklinika, uy-joy mulkdorlari shirkatlari, savdo majmualari, toʻyxona va turli servis xizmat koʻrsatish maskanlari joylashgan. Yaqinida "Chilonzor" metro bekati, Beshyogʻoch dexkon bozori shoxobchasi, kasb-hunar kolleji, akademik litsey va maktablar bor.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.