Zikrilla Akbarovich Umarov (1936-yil 30-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 1992-yil 28-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Zikrilla Umarov
Tavalludi 30-iyul 1936-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 28-iyul 1992-yil(1992-07-28)
(55 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Taʼlimi Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni dotsent

Biografiyasi tahrir

Zikrilla Umarov 1936-yil 30-iyul Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1954-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti Sharq fakultetining Eron boʻlimiga oʻqishga kiradi. 1960-yilda mazkur fakultetni fors tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tugatib, shu yerning oʻzida fors tili oʻqituvchisi vazifasida ishga qoldirildi. Zikrilla Umarov 1960-yildan umrining oxiriga qadar sharq fakultetining eron-afgʻon filologiyasi kafedrasida oʻqituvchi, 1967-yildan katta oʻqituvchi, 1971-yildan dotsent va 1977—1984-yillarda kafedra mudiri lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan. 1961—1962-yillar va 1968—1970-yillarda Afgʻonistonda dariy tilidan tarjimon boʻlib ishlaydi. 1967-yilda Toshkent davlat universitetida „Grammatika starouzbekskogo yazika „Mabani ul-lugat“ Mirzi Mexdixana“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaudi. 1984-yilda SSSR Ichki ishlar vazirligiga qarashli Toshkent Oliy militsiya maktabining maxsus fakultetiga oʻz ixtisosligi boʻyicha ishga oʻtkaziladi va bu yerda 1988-yilga qadar dotsent va oʻquv guruhining rahbari vazifasida xizmat qiladi[1]. 1988-yilda yana oʻzi ishlagan sharq fakultetiga qaytib, eron-afgʻon boʻlimida dariy tilidan dars berib keldi. Olim 1992-yil 28-iyulda vafot etgan[1].

Ilmiy faoliyati tahrir

„Forscha-oʻzbekcha oʻquv lugʻati“ va „Dariy va oʻzbek tillarining solishtirma-qiyosiy grammatikasi“ oʻquv qoʻllanmasining mualliflaridan biri. Mirzo Mehdixonning „Maboni ul-lugʻat“ asari olim tomonidan forsiydan oʻzbek tiliga oʻgirilgan[1]. Asar eski oʻzbek tilining fonetik va grammatik xususiyatlari hamda turkiy tillar haqidagi fors grammatika fani tarixini oʻrganishda katta ahamiyatga ega.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 

Andoza:OʻTOE