Ziyodaxon Abdusattorova (2001-yil 17-aprel sanasida tavallud topgan; Margʻilon, Fargʻona viloyati) — Oʻzbekistonlik kamondan otish boʻyicha sportchi. 2018-yildan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Murabbiyi Irina Savinova Ziyodaxon Abdusattorova bir necha bor Osiyo kubogida sovrindorlar qatoridan joy olgan. Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlarida aralash jamoaviy dasturda shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarilgan. Joriy yil „Zulfiya“ nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 2023-yil noyabr oyida Tailandda oʻtgan Osiyo litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali Parij-2024 ishtirokchilari orasidan joy oldi[1].

Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 17-aprel 2001-yil (2001-04-17) (23 yosh)
Margʻilon, Fargʻona viloyati O'zbekiston
Sport
Qaysi sport Kamondan otish

Faoliyati tahrir

Bugungi kunga kelib, Ziyodaxon Abdusattorova kamondan otish boʻyicha ayol sportchilar orasida 49-oʻrinni egallab turibdi[2].

2019-yilda Ziyodaxon Abdusattorova Bangkok-2019 Osiyo kamondan otish musobaqalarida qatnashdi. Ushbu musobaqalarda u juda yaxshi natija koʻrsatdi va 4-oʻrinni egalladi. Uning birinchi musobaqa raqibi Urantungalag Bishindee Mongoliyadan. Ushbu jangda Ziyodaxon Abdusattorova 6:0 hisobida gʻalaba qozondi. Keyingi raund yaponiyalik Uehara Rukaga qarshi boʻlib, Ziyodaxon Abdusattorova 6:5 hisobida gʻalaba qozondi. Chorak finaldan oldin u xitoydan Long Xiaoqingga qarshi edi. Abdusattorova 6:4 hisobida chorak finalga chiqdi. Chorak finalda u Shimoliy koreyalik Jong Un Ju bilan toʻqnashdi va uni 6:0 hisobida magʻlub etdi. Ammo, afsuski, yarim finalga oʻtib, u xitoylik Zheng Yichayga 0:6 hisobida magʻlub boʻldi. Shundan soʻng u bronza medal uchun kurashdi, ammo afsuski, u 4:6 hisobida magʻlubiyatga uchradi va shu bilan 4-oʻrinni egalladi[3].

2023-yil 9-12 noyabr kunlari Tailandda, 2024-yilgi Olimpiya oʻyinlari uchun Osiyo kontinental saralash musobaqasi boʻlib oʻtdi. Aynan shu turnirda Abdusattarova Ziyodaxon 2-oʻrinni egalladi va shu bilan 2024-yil Parijda (Fransiyada) boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi[4][5].

Bugungi kunda Ziyodaxon Abdusattorova Parij-2024 Olimpiadasiga qizgʻin hozirlik koʻrmoqda[6].

Manbalar tahrir

  1. „olympic.uz“. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  2. „biography“. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  3. „bangkok-2019“ (2019). Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  4. „asian continental qualifier tournament for the 2024 olympics“. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  5. „uzbekistan qualifies first olympic archery quota“ (2023-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 2-may.
  6. „olympic.uz“ (2023-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 2-may.