British petroleum
("British Petroleum"dan yoʻnaltirildi)
BRITISH PETROLEUM (British Petroleum) — Buyuk Britaniyadagi eng yirik neft monopoliyalaridan biri. 1909-yilda tashkil etilgan. 38% aksiyasi davlatga tegishli. AQSH (Alyaska) (60%) va Shimoliy dengizdan (40%) neft qazib oladi, 25 mamlakatda neftni qayta ishlaydigan korxonalari bor. Gʻarbiy Yevropaning bir nechta mamlakatlari hududidan oʻtgan yirik neft quvurlarining egasi hisoblandi. Monopoliya yiliga 77,5’ mln. t neft qazib oladi, 96,2 mln. t neftni qayta ishlaydi. Keyingi vaqtlarda „British petroleum“ kimyo korxonalarini rivojlantirish uchun katta mablagʻ sarf qilmoqda. Yillik savdo hajmi 46,2 mlrd. dollar, sof foydasi 2,2 mlrd. dollardir.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |