Vikipediya:Masʼuliyatdan voz kechish

https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix

Moziy ko'hna yurtning tuproq qa'ridan, Shivirlaydi 100 minglab yil naridan.

Varoqlagan sari o'tmish kitobin, O'qiymiz sharafga to'la har bobin.

Ulug'lar beshigi bo'lgan bu diyor, Ne-ne sinovlarni ko'rgan bu diyor.

Shonli o'tmishidan so'z aytmoq sharaf, Vatanimiz nomin bilsin to'rt taraf.

Qilmoq shart millatning orzusin idrok, Ham saqlash ajdodlar merosini pok.

Munosib vorismiz bobolarga biz, Yurt sha'nin belaymiz ziyolarga biz.

O'tmish hodisotdan aylaymiz voqif, O'zingiz kuzating biz bilan boqib.

Xush kelibsiz olimlar minbariga, "O'zbekiston tarixi" Siz bilan birga.

Telegram | Instagram | Facebook | You Tube‌‌