Chirchiq transformator zavodi aksiyadorlik jamiyati
Chirchiq transformator zavodi aksiyadorlik jamiyati — elektrotexnika sanoatining yirik korxonasi. Turli tipdagi elektr kuch transformatorlari, elektr tokini taqsimlash qurilmalari, yirik (10,35, 110 kV kuchlanish va quvvati 25 dan 6300 kVA gacha boʻlgan) kuch transformatorlari va komplektli transformator kichik stansiyalari ishlab chikaradi. "Oʻzeltexsanoat" uyushmasiga qaraydi. 3d 1942-yil 12-aprelda Leningraddan evakuatsiya qilingan "Elektropult" zdi negizida tashkil etilgan va "Elektroshit" deb yuritilgan. 1962-yildan Chirchiq transformator zdi deb nomlandi. Dastlab korxonada elektr shitlari ishlab chiqarilgan, elektr motorlari va boshqa elektr jihozlarini taʼmirlash, sozlash, ishga tushirish kabi ishlar bajarilgan. 1945-yildan kuch transformatorlari, 1947-yildan payvandlash apparatlari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 1949-yildan Kuchma transport kichik stansiyalari, 1952-yildan 6 kV li komplektli taqsimlash qurilmalari, 1961-yildan TMZ1000 kuch transformatori bilan ishlaydigan yangi tipdagi komplektli transformator kichik stansiyalari ishlab chikarila boshladi. 60—80-yillarda korxona bir necha marta rekonstruksiya qilindi. 1966-yilda korxona binosining 1navbati, 1970-yilda 2navbati foydalanishga topshirildi. 1994-yildan korxona ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Uzbeki ston energetika tizimini transformator kichik stansiyalari bilan taʼminlab kelmoqda.
2003-yilda 716 dona kuch transformatorlari ishlab chiqarildi (2001-yilga nisbatan 4,9-marta koʻp). Mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |