"FERGANA OYL" ("Fergana Oil" — "Fargʻona nefti") — 19-asr oxirida akauka Nobellar tomonidan Rossiyada tashkil etilgan xalkaro neft birlashmasining Fargʻona vodiysidagi mahalliy boʻlimi, kompaniya; 1917-yildagi Oktabr toʻntarishiga qadar Fargʻona vodiysiga Kavkaz va Cheleken (Turkmaniston)dan keltirilgan neftni qayta ishlash, neft qidiruv ishlari, neft kazib olish va shahrik. bilan shugʻullangan. Uning faoliyatida AQSH va Angliya kapitali ham yetakchi rol oʻynagan. "Fergana oyl" kompaniyasi Fargʻona vodiysida Chimyon, Moylisoy, Qizilqiya kabi dastlabki neft konlarini ochgan. Vannovskaya hozirgi (Oltiariq) temir yoʻl styasida neftni qayta ishlash zavodini qurgan. Unga vodiydagi neft konlari, neft mahsulotlari bilan savdo qiluvchi, shuningdek, neftni qayta ishlovchi korxonalar qaragan. 1918-yilda togʻkon sanoati natsionalizatsiyasi asosida "Fergana oyl"ning barcha mulki sovet davlati qoʻliga oʻtgan.