Gʻuncha
("G`uncha"dan yoʻnaltirildi)
Gʻuncha — oʻsimliklarning gul kur-tagi, yozilganda gulga aylanadi. Gʻ. oʻsimliklarning oddiy barg kurta-gidan yirikligi va uchining toʻmtoqligi bilan farq qiladi. Gʻ.da gulning barcha qismlari shakllangan. Barg qoʻltigʻidan hosil boʻlgan Gʻ. (gul boʻrtmasi) oʻsib rivojlanib, to yozilguncha oʻtgan davr gʻunchalash davri deb ataladi. Bu davr oʻsimlik turiga xos asosiy belgi hisoblanadi. Xalq orasida ishlatib kelinayotgan (ayrim oʻsimliklarga nisbatan) shona soʻzi ham aslida gʻuncha mazmunini beradi, shuning uchun gʻunchalash davri shonalash davri deb ham yuritiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |