GRAND MIR XOUTEL (inglizcha: Grand Mir Hotel — "Katta Mir mehmonxonasi") — Toshkent shahrida joylashgan to'rt yulduzli mehmonxona. 1964-yilda qurilgan "Rossiya" mehmonxonasi (meʼmor V.Muratov)ning taʼmirlash loyihasi "Toshgiprogor" ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqilgan (2003—04). 2004-yildan boshlab hozirgi nomni olgan.

Mehmonxona

tahrir

Mehmonxona 7 qavatli hamda 2 qavatli bloklardan tashkil topgan. 7 qavatli turar joy blokining yer osti qismini texnik xonalar, oshxona, yordamchi xonalar va ayrim ofislar egallagan. 1-qavatda vestibyul, sartaroshxona, 50 va 100 oʻripli barlar, savdo doʻkonlari, 2—7-qavatlarda esa 126 xona mavjud bo'lib, bulardan: 6 ta lyuks, 11 ta yarim lyuks, 18 ta 1 oʻrinli, 85 ta 2 oʻrinli xonalar joylashgan[1]. 2 qavatli blokda restoran, oshxona, xollar, 1-qavatda 250 oʻrinli ekspress yengil ovqatlanish joylari mavjud. 2 blok oʻzaro 1-qavatdagi xoll orqali bogʻlangan. Taʼmir chogʻida gorizontal derazalar qatori paydo boʻldi, binoning old qismi yanada koʻrkam tus oldi. Xonalar kengaytirilib, bino pardozida marmar, granit va boshqa zamonaviy materiallardan foydalanildi, vitraj va yengil panellar, alyukopanlar qoʻllandi.

Manbalar

tahrir
  1. „Номера“. Qaraldi: 19-noyabr.