"HASANXON" — "Goʻroʻgʻli" turkumidagi dostonlardan biri. Goʻroʻgʻlidan keyingi ikkinchi avlod hisoblangan. Hasanxon toʻgʻrisida yaratilgan mustaqil asar. El-yurt mudofaasi, mamla-katlar oʻrtasida tinchlik-osoyishtalik oʻrnatish, mardlik va doʻstlik dostonning asosiy gʻoyasini tashkil etadi. Unda Hasanxonning Chambil (xalq poetik ijodida afsonaviy yurt nomi; xalq afsonalarida Armaniston, Gru-ziya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Oʻzbekiston hududlarida boʻlgan deyiladi)ga olib kelinishiga oid voqealartasvirlaigan. Doston koʻpchilik bax-shilar repertuaridan oʻrin olib, Poʻlkan shoir (1968, 1976) va Zohir Qoʻchqor oʻgʻli (1967) dan yozib olingan variantlari nashr qilingan.