Hurliqo va hamro
("Hurliqo va hamro"dan yoʻnaltirildi)
Hurliqo va hamro — turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan ishqiy-romantik doston; muallifi nomaʼlum, Fors xalq ertagi "Hurliqo" va uning Sayqaliy tomonidan oʻzbek tilida sheʼrga solingan "Qissai Hamroh va Hurliqo" varianti asosida yaratilgan, deb taxmin qilinadi.
Doston oʻzbek (1908), turkman (1971, 1978) tillarida nashr etilgan. Bularda Hamro va uning akalari boshidan kechirgan turli sarguzashtlar hikoya qilinadi; sof sevgi, doʻstlik vatanpar-varlik gʻoyalari tarannum etiladi. Doston voqealari "Bulbuligoʻyo", "Choʻloq boʻri" kabi oʻzbek xalq ertaklaridagi mazmunga mos keladi. "H. va "H." hozirgi mangʻitlik Tursun baxshi repertuarida mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |