“Isteʼdod” jamgʻarmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish „Isteʼdod“ jamgʻarmasi 2003-yilning 1-iyulida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
Jamgʻarmaning vazifalari:
- mamlakatimizning intellektual salohiyatini, fan, pedagogika va iqtisodiyotimiz rivojlanishi darajasini jahonning eng ilg`or ilmiy izlanishlari va yuqori texnologiya yutuqlari darajasiga ko`tarish, O`zbekistonda chuqur tarixiy ildizlarga ega va respublikamiz taraqqiyoti uchun muhim bo`lgan ilm-fan yo`nalishlarining barqaror rivojlanishini ta`minlashda faol ishtirok etish;
- dunyoda e`tirof etilgan nufuzli oliy ta`lim va ilmiy markazlar bilan amaliy hamkorlik o`rnatish, o`zaro manfaatli ilmiy tadqiqotlar va izlanishlarni tashkil etish orqali istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar iste`dodining ochilishi va yuksalishiga ko`mak berish;
- mamlakat ta`lim va ilmiy muassasalarida pedagogik va ilmiy faoliyat borasida muayyan yutuqlarga erishgan, ilmiy izlanishlarni boshlagan, yuksak ijodiy salohiyat va qobiliyat sohiblari bo`lgan istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning iste`dodini rivojlantirish, ularning Jamg`arma grantlari asosida taraqqiy topgan davlatlarning ilg`or ta`lim va ilmiy muassasalarida nazariya va amaliyotining zamonaviy yo`nalishlari bo`yicha malaka oshirish hamda maqsadli tajriba orttirishiga, O`zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun ustuvor yo`nalishlar bo`yicha bilimini chuqurlashtirishiga, progressiv ilmiy izlanishlarda ishtirok etishiga ko`maklashish.
Havolalar
tahrir- Istedod.uz (Wayback Machine saytida 2013-11-16 sanasida arxivlangan)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |