Le grand plaza
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
"LE GRAND PLAZA" (frans. —- "Katta Plaza") — 4 yulduzli mehmonxona; Toshkent shahrida joylashgan. "Bahri investingo" kom-paniyasi tomonidan zamonaviy meʼ-moriy uslubda (temir-beton sinchli) qurilgan (1995, bosh meʼmori R.Toʻxtaganov). Mehmonxona "Tata projekte limited" (1995-yildan), "Le Meridian" (1996-yildan), 2001-yildan "Bumi Toshkent" deb atalgan. 2005-yildan hozirgi nom-da. Mehmonxona tashqi koʻrinishi pogʻonasimon piramida shaklida; 14 qavatli, 190 xonasi bor. Shundan 13 gasi 1 xonali lyuks, 5 tasi 2 xonali lyuks, 3 tasi 3 xonali lyuks, 1 ta pre-zident apartamentli xonalari mavjud. Bosh vestibyuli va qavatlarida dam oladigan joy (xoll)lar, 2 ta restoran, I ta banket zali (400 oʻrinli) va 2 ta konferensiya zali (400 oʻrinli), Biz-nes markazi, sogʻlomlashtirish maj-muasi, maʼmurlar xonalari, doʻkon va ofislar, kechki klub, qahvaxona mavjud.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |