„OʻZBEKINVEST“ EKSPORT-IMPORT MILLIY SUGʻURTA KOMPANIYASI — yagona korporativ tizimga ega boʻlgan koʻp tarmokli sugʻurta kompaniyasi. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-apreldagi „Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyalarning sugʻurta himoyasini taʼminlash choratadbirlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq milliy sugʻurta kompaniyasi tarzida tashkil etilgan. 1997-yil 28-fevraldan hukumatning eksport va import sugʻurtasi boʻyicha maxsus sugʻurta agenti maqomidagi Oʻzbekiston Respublikasi eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi. Boshqaruvi Toshkent shahrida. Muassislari: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (ustav kapitalidagi hissasi 50 mln. AQSH dollari), Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (ustav kapitalidagi hissasi 10 mln. AQSH dollari). Kompaniyaning asosiy vazifalari eksportchilarning chet ellarda siyosiy, tijorat va tadbirkorlik xatarlaridan sugʻurta himoyasini taʼminlash; Oʻzbekiston Respublikasi tijorat bankrezidentlarining sugʻurta himoyasini taʼminlash; mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning eksport imkoniyatlarini tadqiq qilish va texnologiya, tovar va xizmatlarning xalqaro bozor holati va rivojlanishi kompleks marketing tahlilini tashkil qilish; respublika va chet el investorlarining shaxsiy va mulkiy manfaatlari sugʻurta himoyasini kompleks taʼminlash va boshqalar Kompaniya chet el investitsiyalari sugʻurta himoyasi; ishlab chiqarishtijorat faoliyatini umumiy xatarlardan sugʻurtalash; eksport sugʻurtasi; jismoniy shaxslarni sugʻurtalash, hayot sugʻurtasi kabi jahon sugʻurta amaliyotida qoʻllaniladigan barcha turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatadi. Kompaniyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 14 hududiy filiali bor. Kompaniya tomonidan „Ameriken interneshnl grupp“ moliyaviy guruhi bilan hamkorlikda ustav kapitali 100 mln. AQSH dollari boʻlgan (20 % AQSH, 80 % Oʻzbekiston); „Oʻzbekinvest interneshnl“ qoʻshma korxonasi (London; 1994; chet el investorlariga siyosiy xatarlardan sugʻurta himoyasi koʻfsatish); ixtisoslashtirilgan „Oʻzbekinvest Eksiminform“ marketing agentligi (1997; mahalliy tadbirkorlarning texnologiya, tovarlar va xizmatlar jahon bozoriga kirishi mapfaatlarini himoya qilish) „Oʻzbekinvest Assiyetash“ servis agentligi (2000; Oʻzbekiston Respublikasidagi yuridik va jismoniy shaxslarga tibbiy, yuridik va texnik assistans boʻyicha xizmatlar koʻrsatish); „Oʻzbekinvest sarmoyalari“ investitsiya kompaniyasi (1997; qisqa muddatli kuponsiz davlat obligatsiyalari bozorida brokerlik, dillerlik, anderrayting va nominal egalik xizmatlari koʻrsatish); „Oʻzbekinvest hayot“ sugʻurta kompaniyasi (2003; aholini ijtimoiy himoyalash tizimini yanada rivojlantirish, hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash) kabi shoʻʼba korxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekinvest
Vebsayti uzbekinvest.uz

2003-yilda kompaniya sugʻurta shartnomalar soni 2000-yilga nisbatan 1,5-marta, sugʻurta majburiyatlari 2,5-marta, sugʻurta mukofotlari 3,9-marta, sugʻurta toʻlovlari 11,9-marta oʻsdi.

Xalqaro va davlat darajasidagi institutlar — AQShning investitsiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama agentligi (M1Sa), Xususiy chet el investitsiyalari korporatsiyasi (OR1S), Buyuk Britaniyaning eksport kreditlari kafolatlari departamenti (YESSE) va Germaniyaning „Germes“, Shveysariyaning eksport kreditlari kafolatlari boʻyicha (YEKS) va Italiyaning (8ASE) komissiyalari bilan sheriklik munosabatlari oʻrnatilgan.

Kompaniya 2003-yil dekabrdan xalqaro darajada sugʻurta faoliyatini amalga oshirish sertifikatiga ega.

Sunnatulla Umarov.