„Oqqushlar-gʻozlar“ ertagi
„Oqqushlar-gʻozlar“ – rus xalq ertagi.
Syujeti
tahrirEr va xotin ishga ketishadi (variant: yarmarkaga) va kichkina oʻgʻlini uyda qoldiradilar. Ukasiga qarashni („hovlidan chiqma, aqlli boʻl – roʻmol olib beramiz“) deb katta opasiga buyurilgan. Opa esa sayr qilib, oʻynab, ukasini yolgʻiz qoldiradi. Chaqaloqni oqqush gʻozlari olib ketadilar.
Qiz ularni taʼqib qilish uchun yoʻlga chiqadi. Yoʻlda turli voaealar sodir boʻlib, u va oxir-oqibat ukasini Baba Yaga (oʻzb. Yalmogʻiz kampir) kulbasida topadi[1].
Qahramonlari
tahrir- Uka – baʼzi versiyalarda u Ivashechka nomini oladi, lekin odatda ismi bilan chaqirilmaydi.
- Opa – jasur qiz, Baba Yaga (oʻzb. Yalmogʻiz kampir) va uning gʻozlaridan qoʻrqmaydi; baʼzi versiyalarda u Alyonushka yoki Masha deb ataladi, lekin koʻpincha u ham nomsizdir.
- Pechka, daryo va olma daraxti ajoyib yordamchilardir, lekin faqat orqaga qaytishda (qiz ularning talablarini bajaradi) ular oqqush gʻozlaridan yashirishga yordam beradi.
- Sichqoncha – faqat A. N. Tolstoy versiyasida (qizga Baba Yagadan qochishga yordam beradi).
- Yalmogʻiz kampir.
- Gʻoz-oqqushlar Baba Yaganing yordamchilari[2].
Ertakning tarbiyaviy ahamiyati
tahrir"Oqqushlar-gʻozlar" ertagi bolalarda qarindosh-urugʻ va doʻstlarga mehr-muhabbat, mas’uliyat, qatʼiyat, mardlik, maqsadga erishish qobiliyatini oʻrgatadi. Ertak, shuningdek, qarindoshlarning iltimoslarini hurmat qilishni oʻrgatadi. „Oqqushlar-gʻozlar“ ertagining asosiy maʼnosi shundaki, inson uchun eng aziz narsa uning oilasidir. Qarindoshlar va doʻstlarga boʻlgan muhabbat, ularning taqdiri uchun mas’uliyat – bunday mavzular butun ertak orqali qizil ipdek oʻtadi. Shuningdek, ertak oʻquvchini zukko va qatʼiyatli boʻlishga, qiyin vaziyatlarda adashib qolmaslikka oʻrgatadi. Opa ukasini qarovsiz qoldirib xatoga yoʻl qoʻygan boʻlsa-da, vaziyatni toʻgʻrilash uchun bor kuchini sarfladi va ukasini uyiga olib kelishga muvaffaq boʻldi. Opa oʻz oldiga maqsad qoʻydi – va u oldiga qoʻyilgan toʻsiqlarga qaramay, bu maqsadiga erishdi[3].
Bu ertak juda qiziq va gʻayrioddiy, chunki Yalmogʻiz kampir yoʻlida qiz shirinliklardan, oʻchoqdan, olma daraxtidan va daryodan bosh tortdi, yaʼni u sehrli narsalar bilan xushmuomalalik bilan gaplashmadi. Ular esa unga teskari oʻgirilib yordam koʻrsatishmadi. Yalmogʻiz kampirning uyida qiz toʻgʻri ish qildi – u sichqonchani boqdi va bu unga yordam berdi. Keyin u murabbo, olma va pirog yedi va daryo, olma daraxti va oʻchoq unga yordam berdi – ular uni oqqush gʻozlaridan yashirishdi. Shuning uchun ertakning asosiy saboqlari – odamlarga yaxshilik qilish va bu yaxshilik qiyin vaziyatlarda qaytib keladi.
Kimgadir yordam berish va evaziga yaxshilik qabul qilish ertakning bosh gʻoyasi. Har qanday xayrli ish eʼtibordan chetda qolmaydi, balki savobga ega boʻladi. Bundan tashqari, barcha muammolar ota-onasining koʻrsatmalarini unutib, hovlini tark etgan qizning beparvoligi tufayli sodir boʻldi. Shunday qilib, ikkinchi dars – ona va otaninig aytganlarini qilib ularga quloq solishdir. Nihoyat, ertakning uchinchi sabogʻi, agar biror noxush ish qilib qoʻyilsa uni tuzatishga harakat qilish.
Manbalar
tahrirAdabiyotlari
tahrir- Губанова Г. Н.. Золотая книга сказок. Тула: Родничок, 2001. ISBN 5-89624-013-9.
- Гуси-лебеди. Донецк: Проф-пресс, 1999. ISBN 5-88475-298-X.
- Syujet № 327F. „Malchik i vedma“ // Sravnitelniy ukazatel syujetov. Vostochnoslavyanskaya skazka
- „«Гуси-лебеди»“, Сказочная энциклопедия, 5000 экз, М.: ОЛМА-ПРЕСС, 2005 — 120-bet. ISBN 5-224-04818-4.