"SUNANI IBN MOJA" - 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Muhaddis Ibn Mojaning asari. Asar 32 fasl, 1500 bobdan iborat. Ibn Moja oʻz toʻplamini fiqhiy masalalarga xos mavzularga boʻlib chiqqan. "Sunan"dan jami 4000 ta hadis joy olgan. Ulamolar ushbu "Sunan"ni mashhur hadislar toʻplamlari qatoriga qoʻshish yoki qoʻshmaslik masalasida uzoq tortishganlar. Nihoyat, Ibn Mojaning "Sunan"i 6oʻrinda ishonchli toʻplamlar safiga kiritilgan.