"SUNANI ABI DOVUD" - 6 ta ishonchli hadis toʻplamidan biri. Muhaddis Sijistoniynpng asari. Ungacha hadis toʻplamlari "alJomiʼ" yoki "alMusnad" deb nomlangan boʻlsa, u oʻz toʻplamini "asSunan" deb atadi va unga sunnati nabaviya va sharʼiy ahkomlarni mavzular boʻyicha boblarga boʻlib yozib chiqdi. "Sunan"da 4800 ta hadis rivoyat qilingan. Toʻplam 35 fasl, 1871 bobdan iborat. Unga 3 ta olim 3 xil sharh ham bitgan.