Surxon tongi

("Surxon tongi"dan yoʻnaltirildi)

"SURXON TONGI" - Surxondaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Termiz shahrida oʻzbek tilida haftada 2 marta chop etiladi. Dastlab "Qizil chegarachi" (1932 y. 15 aprel), "Ilgʻor Surxon uchun" (1935 y. 15 mart), "Lenin bayrogʻi" (1956 y. 21 mart) nomlarida chiqqan. 1991 yildan hozirgi nomda. Gaz.ga turli yillarda Rustam Abdurahmonov, Yusuf Sulaymonov, Husan Umarov, ,,; Halim Boqiyev, Oʻroz Yermanov, Temur Gabidov, Yoʻldosh Umarov, Abdulla Lutfullayev, Soatmurod Joʻraqulov, Norqul Hayitqulov, Geldimurod Saidmalikov muharrirlik qilgan. Komil Aliyev, Zoir Mullajonov, Abray Hamzayev, Tesha Saydaliyev, Mengziyo Safarov, Isomiddin Otaqulov kabi oʻtkir qalam sohiblari faoliyat koʻrsatishgan.

Gaz.da sanoat va tijorat; qishloq xoʻjaligi; davlat va huquq; madaniyat; xatlar boʻlimlari mavjud. Sahifalarida viloyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotiga doir materiallar berib boriladi, adabiyot va sanʼatni targʻib qilishga alohida eʼtibor beradi. Adadi 3500 (2004).