"TOSHQISHLOQMASH" AKSIYADORLIK JAMIYATI, "Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi" aksiyadorlik jamiyati — yirik sanoat korxonalaridan biri. "Oʻzqishloqxoʻjalikmash xolding" kompaniyasi tarkibiga kiradi. Paxta terish mashinalari, ehtiyot qismlar, yemxashak yigʻishtirish texnikasi, kartoshka kavlagich, tuproq frezalari, diskali boronalar, gidrotsilindrlar, xalq isteʼmoli buyumlari ishlab chiqaradi. 1927-yilda Bosh paxta komiteti (Glavxlopkom)ning Markaziy mexanika taʼmir ustaxonasi negizida tashkil etilgan. "Selmash" zdining 1navbati 1931-yil 1mayda ishga tushirilgan. 1931—41 yillarda zd gʻoʻza qator oralarini yumshatadigan va paxtaga dastlabki ishlov beradigan mashinalar ishlab chiqargan. Urush yillarida zd armiya uchun qurolaslahalar yetkazib berdi. 1937 dan pnevmatik paxta terish mashinasi, 1949 dan bir qatorli SXM48 markali mexanik paxta terish mashinalari ishlab chiqardi; 1959 dan birmuncha takomillashgan ikki qatorli XVS1,2 mashinalarini ishlab chiqarish.ga oʻtdi va paxta terish mashinalari ishlab chiqarish.ga toʻla ixtisoslashdi. Mashinalarning 11 asosiy markasi va modernizatsiyalangan 5 turi (bir, ikki, toʻrt qatorli vertikal shpindelli va gorizontal shpindelli, qator oralari 60 va 90 sm li; ingichka tolali paxtani terishga moʻljallangan; pnevmatik podborshchik va kichik gabaritli tozalagich bilan jihozlangan paxta terish mashinalari) ishlab chiqarildi. 1994 da zd aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Korxonada 1997-yilda AQShning "Keys korporeyshn" firmasi bilan hamkorlikda "Oʻzkeysmash" OʻzbekistonAQSH qoʻshma korxonasida "Keys2022" gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi, "Keys" terim apparati bilan jihozlangan XMG04 gorizontal shpindelli paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. 2000-yilda 337 dona paxta terish mashinalari tayyorlandi.