Özge Törer (1999-yil 16-avgustda tug‘ilgan) turkiyalik aktrisa. Hukmdor Usmon turk serialida Burak Özchivit bilan birga bosh rolni ijro etgan. Bala Hatun roli bilan tanilgan. Törer 1999-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida tug‘ilgan[1]. U Turkiyaning Silivri shahrida yashagan, oʻrta maktabni tugatgach Mugla Sitki Kocman universitetiga[2] kiradi, u yerda sahna koʻrsatuvidagi roli uchun mukofotga sazovor boʻlgan. Ilgari faqat kichik telekoʻrsatuvda boshlovchi sifatida ishtirok etgan Özge 2021-yilda „Yilning eng yaxshi aktrisasi“ nominatsiyasida ikkita mukofotga sazovor boʻldi. Ulardan biri Bala Hatun roli uchun „Kristal Globe“ mukofoti edi[3][4][5].

Özge Törer
Tavalludi 16-avgust 1999-yil (1999-08-16) (24 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2016 — hozirgi kungacha
Mukofotlari
  • Crystal Globe mukofotlari
  • Avrasya Tüketicileri Kalite mukofotlari

Filmografiyasi tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2019 — hozirgi kungacha Hukmdor Usmon Bala Hatun Bosh rol

Manbalar tahrir